|
3-mavzu. Auditorlik dalillarini yig’ish
|
bet | 1/6 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 100,42 Kb. | | #112570 |
Bog'liq Audit
3-MAVZU. AUDITORLIK DALILLARINI YIG’ISH
REJA:
3.1.
Auditorlik dalillar va ularni olish usullari
3.2.
Auditorlik tanlash
3.3.
Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish
3.4.
Auditda muhimlik va tavakkalchilik darajalarini aniqlash
3.5.
Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash
3.6.
Buxgalteriya baholarining auditi
3.7.
Bog’liq tomonlar
3.8.
Boshqa auditor va ichki audit ishidan foydalanish
3.1. Auditorlik dalillar va ularni olish usullari
Auditorlik tekshiruvi davomida auditor chiqaradigan qarorlarining asoslanganligini ko’rsatish uchun dalil yig’adi. Tekshirish davomida yig’ilgan va tahlil qilingan ma’lumotlar auditorning qaror qabul qilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi va auditorlik dalillari deyiladi.
Auditorlik dalillari nafaqat auditorlarga, balki ushbu dalillardan asosiy foydalanuvchilar qatoriga kiradigan korxona rahbariyati uchun ham juda zarur hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi davomida yig’iladigan hujjatlarning miqdori cheklanmagan. Auditor o’zining malaka talablaridan kelib, buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi isbot va dalillarning miqdorini mustaqil holda belgilaydi.
Auditorlik dalillari, agarda hujjatlar va aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlarning haqiqiy holati bilan tasdiqlanganda, ishonchli hisoblanadi.
Auditor uchun eng qimmatli dalil tashqi dalillardir, so’ngra aralash hamda ichki dalillar zarur bo’ladi.
Yozma shaklda yoki hujjat shaklida olingan dalillar og’zaki dalillarga nisbatan ishonchli hisoblanadi. Yig’ilgan dalillar auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.
Quyidagilar auditorlik dalillarini yig’ish manbalari bo’lib hisoblanadi:
– iqtisodiy sub’ekt hamda 3-shaxslarning birlamchi hujjatlari;
– iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisobi registrlari;
– iqtisodiy sub’ekt xodimlari va 3-shaxslarning og’zaki tushun-tirishlari;
– inventarizatsiya natijalari;
– buxgalteriya hisoboti.
|
| |