3-mavzu. Auditorlik dalillarini yig’ish




Download 100.42 Kb.
bet5/6
Sana06.12.2023
Hajmi100.42 Kb.
#112570
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Audit
1-sinf odobnoma, Mavzu ko`chish hodisalari, yol-harakati-qoidalari-va-harakat-xavfsizligi-asoslari, kredit siyosati, bux ku, examples-1659067337616, 2-3-Amaliy mashg\'ulot-Funksiyaning hosilasi. Funksiyaning ekstremumlari, 4-5-Amaliy mashg\'ulot-Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral, Hayot faoliyati havfsizligi mustaqil Xavfsizlikni taminlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish, Mahsulot tayyorlash texnologiyasi amaliy Zargarlik mahsulotlaridagi bezaklarning turlari va ulardagi ramziy ma’nolar, Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari, BOLALAR TAFAKKURI VA INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI (1), 7-Mavzu Korreksion pedagogika va inklyuziv ta’lim asoslari (1), 2 Qutblanish
3.7. Bog’liq tomonlar
550-sonli xalqaro audit standartida bog’liq tomonlar va bog’liklik tomonlar orasidagi operatsiyalari quyidagicha ifodalangan:
Bog’liq tomon - moliyaviy va tezkor qarorlarni qabul qilish jarayonida bir tomon boshqa tomon ishini nazorat qilgan yoki ahamiyatli darajada ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan taqdirda tomonlar bog’liq deb hisoblanadi.
Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar - narxi belgilanganligidan qat’i nazar, bog’liq tomonlar o’rtasida bir-biriga zahiralar yoki majburiyatlarni o’tkazish.
Auditor bog’liq tomonlar sub’ekti rahbariyatining solishtirish, ular to’g’risida ma’lumotni yoritish va bog’liq tomonlar o’rtasidagi muhim hisoblangan operatsiyalarning moliyaviy hisobotga ta’siri yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarni olish uchun mo’ljallangan auditorlik muolajalarini amalga oshirishi lozim. Shunga qaramasdan, audit bog’liq tomonlar o’rtasidagi barcha operatsiyalarni aniqlab berishini kutish mumkin emas.
200-XAS “Moliyaviy hisobot auditini tartibga soluvchi umumiy tamoyillar va uning maqsadi”da qayd etilganidek, muayyan vaziyatlarda moliyaviy hisobotning alohida tasdiqlari bo’yicha xulosa chiqariladigan engil dalillarning ishonchliligiga ta’sir ko’rsatishi ehtimoli bor cheklovlar mavjud. Bog’lik tomonlar to’g’risida ma’lumot to’liq yoritilganligi haqida moliyaviy hisobotning tasdiqlari yuzasidan noaniqlik darajasini hisobga olgan holda, xalqaro standartda bayon etilgan muolajalar, har qanday solishtirilgan auditorlik vaziyatlar mavjud bo’lmagan holda, bunday tasdiqlar yuzasidan quyidagi etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarini taqdim etadi:
(a) noto’g’rilik tavakkalchiligini odatda kutilayotgandan yuqoriga oshiradigan;
(b) bog’liq tomonlar yuzasidan muhim noto’g’rilik vujudga kelganligiga qo’rsatadigan.
Qaerdadir bunday vaziyatlar mavjudligi to’g’risida qandaydir belgilar bo’lsa, auditor ushbu vaziyatlarda o’rinli bo’lgan modifikatsiyalashtirilgan, kengaytirilgan yoki qo’shimcha muolajalarni amalga oshirishi lozim.
Rahbariyat bog’liq tomonlar solishtirilishi va ular to’g’risida ma’lumot yoritilishi va bunday tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar yuzasidan mas’uliyatga ega. Bunday mas’uliyat rahbariyatdan hisob yozuvlarida bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar tegishli solishtirilganligi va moliyaviy hisobotda yoritilganligini ta’minlovchi buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning mos tizimlari tadbiq etilishini talab qiladi.
Auditor sub’ekt va tarmoq faoliyati to’g’risida moliyaviy hisobotga muhim ta’sir ko’rsatadigan hodisalar, operatsiyalar va amaliyotni solishtirish imkoniyatini beradigan bilimlar darajasiga ega bo’lishi lozim. Bog’liq tomonlar va bunday tomonlar o’rtasida operatsiyalar mavjudligi, odatda, biznesning o’ziga xos tavsifi kabi qaralsa ham, auditor ularga alohida e’tiborini qaratishi lozim.



Download 100.42 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 100.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-mavzu. Auditorlik dalillarini yig’ish

Download 100.42 Kb.