• 3.6.-rasm. Auditni rejalashtirishning asosiy tamoyillari.
  • -rasm. Statistik tanlash usullari




    Download 100,42 Kb.
    bet3/6
    Sana06.12.2023
    Hajmi100,42 Kb.
    #112570
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Audit

    3.5.-rasm. Statistik tanlash usullari.
    3.3. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish
    Rejalashtirish audit o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, audit o’tkazishning kutilayotgan hajmi, jadvallari va muddatlarini ko’rsatgan holda auditorlik tashkiloti tomonidan auditning umumiy rejasini ishlab chiqishdan, shuningdek, auditorlik tashkiloti tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti to’g’risida xolis va asosli fikr shakllantirilishi uchun zarur bo’lgan auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirish hajmi, turlari va izchilligini belgilaydigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.
    Auditni rejalashtirishni auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishning umumiy qoidalariga, shuningdek quyidagi xususiy qoidalarga muvofiq o’tkazishi kerak, ya’ni:
    Auditni rejalashtirishning kompleksliligi qoidasi birlamchi rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar rejalashtirish barcha bosqichlarining o’zaro bog’langan va uyg’un bo’lishi ta’minlanishini taqozo etadi.


    3.6.-rasm. Auditni rejalashtirishning asosiy tamoyillari.
    Auditni rejalashtirish paytida auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:
    1. Dastlabki rejalashtirish.
    2. Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish.
    3. Audit dasturini tayyorlash va tuzish.
    3.4. Auditda muhimlik va tavakkalchilik darajalarini aniqlash
    Muhimlik - hisobotda keltirilgan va unchalik ham ahamiyatli deb hisobga olinmagan, yuz berishi mumkin bo’lgan xato summaning maksimal chegarasidir. Hisobotdagi ayrim ko’rsatkichlar va ilovalardagi ba’zi bir axborotlar unchalik ham to’g’ri bo’lmaydi. Ammo bu bilan hisobot to’lig’icha noto’g’ri va real holatni ifodalamaydi degan fikrga bormaslik kerak.
    Auditda muhim deb xo’jalik yurituvchi sub’ektni moliyaviy hisobotining haqiqiyligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan vaziyat tan olinadi.


    Ko’pgina auditorlar ko’rsatkichlardan chetga chiqish 5%gacha bo’lsa, sezilarli emas, 10%dan ko’p bo’lsa, moddiylik deb hisobga oladi.
    Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:
    – auditning taomillarining tabiati, vaqtini belgilash vaqtida;
    – buzib ko’rsatishlarning ta’sirini baholash vaqtida.
    Moddiylikni baholashda hisobda quyidagi omillar qabul qilinadi:
    xatolarning absolyut chegarasi;
    – xatolarning muayyan chegarasi;
    – hisobot moddalarining mundarijasi;
    aniq sharoitlar;
    – noaniqliklar;
    – summalardagi xatolar.

    Moddiylikni baholashda 2 ta usuldan foydalaniladi:



    1. Induktiv usul. Bunda, eng avvalo, hisobotdagi har bir satr bo’yicha moddiylik alohida satrlar bo’yicha yig’iladi.

    2. Deduktiv usul. Bu usulda, eng avvalo, xato qo’yilgan summaning umumiy hajmi aniqlanadi va u hisobot satrlari bo’yicha taqsimlanadi va unga ko’ra har bir hisobvaraq bo’yicha qilinadigan ish hajmi aniqlanadi.



    Auditorlik tavakkalchiligi quyidagilar bilan izohlanadi: auditor mijozning moliyaviy hisobotini to’g’ri tuzilgan deb o’z xulosasida yozadi. Ammo u ba’zi-bir moddiy xatolardan iborat bo’ladi.
    Auditni o’tkazish davrida auditor auditorlik tavakkalchiligining eng past darajagacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan tadbirlarni o’tkazishi lozim.
    Auditorlik tavakkalchiligi o’z ichiga quyidagi komponentlarni oladi:

    1. Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik;

    2. Nazorat tavakkalchilik;

    3. Moliyaviy hisobotda xatolar hamda buzib ko’rsatishlarni aniqlamaslik tavakkalchiligi.

    Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    AT=ABT*NT*AnT
    Bu erda:
    AT – auditorlik tavakkalchiligi;
    ABT – ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik;
    NT – nazorat tavakkalchiligi;
    AnT – aniqlanmaslik tavakkalchiligi.
    Ushbu formula auditorlik tavakkalchiligi darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
    Misol. Auditor auditni rejalashtirish davrida ajratib bo’lmaydigan tavakkalchiligini 70%, ichki nazorat tavakkalchiligini 40%, aniqlanmaslik tavakkalchiligini 12% qilib belgiladi. Shunda auditorlik tavakkalchiligi 3,36% ga(0,7*0,4*0,12) teng ekanligi aniqlandi.
    Ko’pgina xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, agarda tavakkalchilik 5%dan oshmasa, uni qabul qilsa bo’ladigan tavakkalchilik deb e’tirof etadilar. Ammo auditor tavakkalchilik darajasining me’yorini ko’pgina omillarni inobatga olgan holda mustaqil o’rnatadi.

    3.5. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash


    Auditor ishi sifatining yaxshi bo’lishi, tekshiruv muddati va audit xarajatlarining kamayshi, avvalo, mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimining samarali ishlashiga bog’liq. Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishida, odatda, mijoz kor-xonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimiga baho beriladi. Korxonaning hisob tizimining samaradorligi unda buxgalteriya hisobi tamoyillarining qay darajada amal qilishiga bog’liqdir.
    Buxgalteriya hisobi tizimi – dastlabki kuzatuvdan boshlanib, buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash va tuzishgacha bo’lgan jarayonlar bog’liqligidir.
    Mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini ishonchli deb topish uchun uning faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    1. Haqqoniylik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar haqiqatda bo’lgan hamda ular o’z vaqtida hujjatlarda rasmiy-lashtirilganligini anglatadi.

    2. To’liqlik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar buxgalteriya hisobida bekamu ko’st, to’lig’icha aks ettirilganligini ifodalaydi.

    3. Ruxsat.

    4. Aniqlik. Bu talab hujjatlardagi hamda buxgalteriya hisobi registrlaridagi summalarning aniq hisoblanganligini anglatadi.

    5. Tasniflash. Bu talab barcha muomalarning hisobvaraqlarda to’g’ri, mos ravishda aks ettirilganligini anglatadi.

    6. Hisob. Bu talab muomalalarga mos keluvchi barcha hisob jarayoni tugallanganligini hamda u umumqabul qilingan standartlarga mos kelishini ifodalaydi.

    7. Davriylik. Bu talab muomalalar qaysi davrda sodir bo’lgan bo’lsa, o’sha davrda rasmiylashtirilishini anglatadi.

    Yuqorida sanab o’tilgan talablarga javob berish auditorlarning mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimining to’g’ri baholashiga yordam beradi.



    Download 100,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 100,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Statistik tanlash usullari

    Download 100,42 Kb.