|
Urganch davlat pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakulteti fizika-matematika va texnologik ta’lim kafedrasi
|
bet | 1/5 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 25,4 Kb. | | #259301 |
Bog'liq 2 5309845394912460671
URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
ANIQ VA AMALIY FANLAR FAKULTETI
FIZIKA-MATEMATIKA VA TEXNOLOGIK TA’LIM KAFEDRASI
Texnologik ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 221-guruh talabasi
Bekjonova Sevaraning
INKLYUZIV TA'LIM VA GOSPITAL PEDAGOGIKA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Alohida yordamga muhtoj bolani samarali inlyuziyasi uchun tashqi sharoitlar
Reja:
Inklyuziv ta’limda tarbiya usullari va tamoyillari
Inklyuziv ta’limda oilalar bilan hamkorlik mazmuni
2. Inkluziv ta’limga predmetli rivojlantiruvchi muxitni tashkul etish
Inklyuziv ta’limda tarbiya usullari va tamoyillari.
Inklyuziv maktablardagi tarbiya tamoyillari butun tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalaniladigan qonun-qoidalar majmuasidir. Bu qoidalarga tarbiyaning mazmuni, usullari, tashkil etish shakllari kiradi. Barcha maktablarda tarbiya tamoyillari umumiy ko‘rinishga ega. Ammo, inklyuziv maktablarda rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarning psixologik, jismoniy, hissiy nuqsonlariga ko‘ra o‘ziga xos tamoyillardan ham foydalaniladi.
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (pedagog va tarbiyalanuvchi) lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, xis-tuyg‘ulari rivojlanadi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va hohishlarini ifodalaydi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongigina emas, balki, his tuyg‘ularini ham o‘stira borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan ahloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongiga (ta’lim jarayoni asosida) hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, hulqini idora qilish jarayonida) sistemali va muntazam ta’sir etib boriladi. O‘quvchini tarbiyalashda bularning birontasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkab jarayon deb yuritiladi.Uning xususiyatlari 1- shaklda quyidagicha aks ettiriladi.
|
| |