|
Tarbiya jarayonining xususiyatlari
|
bet | 2/5 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 25,4 Kb. | | #259301 |
Bog'liq 2 5309845394912460671Tarbiya jarayonining xususiyatlari
Tarbiya jarayoni, odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi. Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar bisotida donishmandlarning pand nasihatlari va o‘gitlari va tarbiya haqidagi fikrlari alohida o‘rin egallaydi. Donishmandlarning pand-nasihatlari umrboqiy ma’naviy boylik hisoblanadi. Chunki ular hayotdan, hayot tajribalaridan kelib chiqqan va ezgu orzu niyatni ifodalaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, eng qadimgi tarbiya haqidagi fikrlar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Bu fikrlar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyatining yillar davomida rivojlanishi natijasidan dalolat beradi. Shuning uchun ham har bir davrda yashab ijod etgan mutafakkir allomalarimiz «tarbiya» so‘zini turlicha izohlagan.
Tarbiya – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish qilmoq, ta’lim bermoq, o‘rganish, odob o‘rgatish, mehribonlik ko‘rsatish, himoya qilish singari ma’nolarni anglatadi. Shu o‘rinda Zardushtlik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto” katta ahamiyatga ega. “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, fikri, ishi, birligiga katta e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, “Avesto”da inson tarbiyasiga, insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabati to‘liq yoritilgan. Zardusht ta’limotida tarbiya haqida quyidagicha fikr bildirilgan.
Tarbiya – hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pag‘onaga ko‘tarilsin deb aytadi va yana yaxshi ovqatlanadigan xalqdan yaxshi nasl – sog‘lom avlod qoladi” – deb ta’kidlaydi. Tarbiya ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik jamiyatning paydo bo‘lishi bilan vujudga keladi, taraqqiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. Tarbiya xulqni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar – axloqiy ong axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirishning pedagogik jarayoni bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya – o‘sib kelayotgan yosh avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e’tiqodni, burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.
|
| |