• Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi.
  • Ishlab chiqarish vositalarning zahira va ehtiyotlar sifatida bo‘lish vaqti – bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davrdir.
  • Aylanish tezligi
  • Ish davri – ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir




    Download 1,98 Mb.
    bet9/11
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,98 Mb.
    #104274
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik kapitali

    Ish davriishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo‘ladi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qo‘llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi darajasiga bog‘liqdir. Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida bo‘ladi. Buning natijasida muayyan foydali samaraga erishiladi yoki iste’mol qiymatlarining shakli o‘zgaradi. Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to‘liq to‘xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, shuningdek ishlab chiqarishni tashkil kilish xususiyatlari bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish vositalarning zahira va ehtiyotlar sifatida bo‘lish vaqti – bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davrdir. Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport shaxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining samarali tizimini belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.
    Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. Aylanish tezligi muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n.
    Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi
    Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning ta’siri ostida shakllanadi. Ular orasida asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo‘yicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vositalarini yangilari bilan amashtirish yo‘llari va usullari muhim ahamiyatga ega.
    Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi va kapitalning umumiy qiymatidan har bir tarmoqning hissasi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydigan tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi.
    Asosiy kapitalning turlari bo‘yicha tarkibi ularning umumiy qiymatida, har bir turlarining hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi.
    Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki bo‘yicha bir xil rol o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me’yorda borishini ta’minlab mehnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bilvosita tasir ko‘rsatsa, mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar, va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o‘ynaydi va ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
    Asosiy kapitalning mulk shakllari bo‘yicha tarkibi, kapitalning umumiy qiymatida har bir mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi.
    Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan ichki jarayonga: asosiy kapitalning eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.
    Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ulardan foydalanish jarayonida va harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish.
    Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin yukotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo‘qotishni bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi.
    Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy eskirishning ikki xil turi mavjud bo‘lib, u bir-biridan farq qiladi.
    Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan mehnat vositalarining keng qo‘llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi.
    Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko‘riladigan zararning oldini olishning asosiy yo‘li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi.
    Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.
    Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg‘arish jarayonidan iborat.

    Download 1,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish davri – ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir

    Download 1,98 Mb.