|
Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik kapitali
|
bet | 3/11 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #104274 |
Bog'liq Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik kapitaliHozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o‘ziga xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo‘shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi. Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o‘ziga xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo‘shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi. Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biron bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo‘lish mumkin: - Byudjet korxonalari;
- Davlat ishlab chiqarish korxonalari;
- Aralash kompaniyalar.
Huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar Byudjet korxonalariga kiradi. O‘zlarining holati bo‘yicha ular davlatning ma’muriy-boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydasidan soliq to‘lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o‘tadi. Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lib, xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya’ni davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi.
|
| |