Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi




Download 1,98 Mb.
bet11/11
Sana23.11.2023
Hajmi1,98 Mb.
#104274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik kapitali

Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi:
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat.
Hissadorlik jamiyati – ko‘proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aksiya kursi – qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarning sotiladigan narxi.
Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz.
Ta’sischilik foydasi – sotilgan aksiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.
Dividend – aksiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi.
Tadbirkorlik kapitali - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari.
Aylanma kapital - unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinadigan, o‘z qiymatini yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi.
Asosiy kapital - unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradigan va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydigan qismi.
Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi.

Xulosa Yuqoridagu taqdimotdan shu ma’lum bo’ladiki tadbirkorlik faolyati davlatning xamda insonlarning turmush tarzini yaxshilashga, pul aylanmasiga hamda davlatlar aro savdo sotiqning rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Tadbirkorlik orqali ish o’rinlarinig yaratilishi, bozordagi mahsulotlarning tanqisligining yetishmovchiligining oldini olishga , raqobat orqaliy tavar va xizmatlarning yaxshilanishiga sabab bo’ladi.


Download 1,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi

Download 1,98 Mb.