|
O`quv jarayoniga pedagogika texnologiyalarini joriy etish metodikasi
|
bet | 3/7 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #159105 |
Bog'liq Javohir (1)Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asoslari yaratildi. Bundan asosiy maqsad, komil inson va yetuk malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, deb belgilandi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Mazkur hujjat talablarini amalga oshirish esa ta’lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya’ni xalq ta’limi taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni va uni qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalarning hal etilishi jahon ilmiy jamg‘armasidagi juda katta hajmli axborot fondidan nimani ajratib olish, qancha va qanday o‘qitish masalalarining yechimi bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu kesimda ta’lim texnologiyalari (TT)ni joriy etish bilan aloqador zamonaviy muammolar oydinlashadi. Qolaversa, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengroq davom ettirishni davr taqozo etmoqda. Pedagogik ta’lim amaliyotida kasbiy tayyorgarlik bilan bog‘liq ayrim masalalarning o‘z aksini yaxshi topmaganligi ham tegishli o‘qitish metodikalarining takomillashuvini dolzarb masalaga aylantirib qo‘ymoqda. Hozirgi paytda aksariyat metodist va pedagog-olimlar PT o‘quvchi yoki talabalarga ta’lim-tarbiya berishda ko‘zlangan maqsadga erishishni to‘la kafolatlaydi, deb qarashmoqda. - Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asoslari yaratildi. Bundan asosiy maqsad, komil inson va yetuk malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, deb belgilandi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Mazkur hujjat talablarini amalga oshirish esa ta’lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya’ni xalq ta’limi taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni va uni qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalarning hal etilishi jahon ilmiy jamg‘armasidagi juda katta hajmli axborot fondidan nimani ajratib olish, qancha va qanday o‘qitish masalalarining yechimi bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu kesimda ta’lim texnologiyalari (TT)ni joriy etish bilan aloqador zamonaviy muammolar oydinlashadi. Qolaversa, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengroq davom ettirishni davr taqozo etmoqda. Pedagogik ta’lim amaliyotida kasbiy tayyorgarlik bilan bog‘liq ayrim masalalarning o‘z aksini yaxshi topmaganligi ham tegishli o‘qitish metodikalarining takomillashuvini dolzarb masalaga aylantirib qo‘ymoqda. Hozirgi paytda aksariyat metodist va pedagog-olimlar PT o‘quvchi yoki talabalarga ta’lim-tarbiya berishda ko‘zlangan maqsadga erishishni to‘la kafolatlaydi, deb qarashmoqda.
|
| |