Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 4 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal June, 2023
40
MANTIQIY ALGEBRAIK FUNKSIYALARNI NI MULTISIM DASTURIY
MUHITI YORDAMIDA LOYIHALASH
Xolmonov Shodiyor
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
E-mail:
shodiyor.x89@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola, mantiqiy algebraik funksiyalarni NI multisim dasturiy ta’minoti
yordamida loyihalash haqida.
Kalit so‘zlar: NI Multisim, mantiqiy elementlar,
mantiqiy funksiyalar, Karno
kartasi, dizyunksiya, Bul algebrasi
DESIGN OF LOGICAL ALGEBRAIC FUNCTIONS USING MULTISIM
SOFTWARE ENVIRONMENT
ABSTRACT
This article is about designing Boolean algebraic
functions using NI multisim
software.
Keywords: NI Multisim,
logical gate, logical functions,
Karnaugh Map,
disjunction, Boolean algebra.
Barcha hisoblash va mikroprotsessorli texnika qurilmalarining matematik asosini
mantiq algebrasi qoidalari tashkil qiladi. Mantiq algebrasida amallar mantiqiy fikrlar
ustida olib boriladi. Fikr deganda unga nisbatan haqiqat yoki yolg‘on qiymatlari
bo‘ladigan ixtiyoriy munosabat tushuniladi. Fikrlar oddiy va murakkab bo‘lishi
mumkin: oddiy fikr boshqa fikrlardan farq qilmaydi, murakkablari esa ikki yoki undan
ortiq oddiy fikrlardan iborat bo‘ladi. Oddiy fikrlar mantiqiy o‘zgaruvchilar, murakkab
fikrlar esa mantiqiy funksiyalar deb ataladi. Fikrlar faqat rostligi yoki yolg‘onligi bilan
baholanadi. Agar u rost bo‘lsa 1, yolg‘on bo‘lsa 0 qiymatni oladi. Ikkita fikrning rostlik
qiymati bir xil bo‘lsa, ular ekvivalent fikrlar deb ataladi.
Bul algebrasi yordamida mantiqiy sxemalarni tuzishda
zarur sodda sxemalar
sonini minimallash mumkin. Lekin, bul algebrasini yaxshi bilgan holdagina bunday
natijalarga erishi mumkin. Optimallash (minimallash)ning boshqa grafik usuli -
Karno
kartalarini qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu usul algebraik
usuldan ancha sodda
hisoblanadi. Kirishlar soni to‘rtdan ortiq bo‘lmagan sxemalarni Karno kartalari