• Aqliy hujum (Brainstorming).
  • Aniqlashtirish
  • Idrok xaritasi
  • Xaritani tuzish o’quvchiga
  • Idrok xaritasi (Mind map) metodi




    Download 12.46 Kb.
    Sana16.03.2024
    Hajmi12.46 Kb.
    #174139
    Bog'liq
    Idrok xaritasi


    Idrok xaritasi (Mind map) metodi
    (inglizcha Mind map – fikrlar xaritasi) – fikrlash jarayonida ma’lumotni inson idrok qilishi uchun qulay shaklda – mantiqiy va assotsiativ sxemalarda aks ettirishning grafik metodi.
    Idrok xaritasi metodi mavzu yoki о‘quv materialini grafikli bayon etish metodi bо‘lib, axborotlarni tizimli, tartibli va vizual о‘zlashtirish imkonini beradi. Ushbu metod fikrlashni rivojlantirish, murakkab mavzularni yaxshiroq tushunish, loyihalar yaratish va imtihonlarga tayyorlanishga yordam beradi. Idrok xaritasi fikrlash jarayonini aks ettiradi. Jarayon boshlanganda, bitta fikr boshqalarni keltirib chiqaradi. Har qanday g‘oya deyarli barcha yо‘nalishlarda cheksiz rivojlanishi mumkin. Asosiy g‘oya bir necha yirik g‘oyani о‘z ichiga oladi, ularning har biri, о‘z navbatida, undan ham kichik g‘oyalar kо‘rinishida aniqlanadi.
    Har bir kichik fikr ma’lum bir global fikr bilan uzviy bog‘liq. Ularning hammasini tasvirlash mumkin. Idrok xaritasi texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi murakkab tuzilmaga ega texnik qurilma qismlarining bir-biriga sabab-oqibatli bog‘liqligini namoyish etish, ularni xotirada mukammal saqlab qolish, tizimlashtirishda samarali omil hisoblanadi. Unda tarmoq qancha kо‘p bо‘lsa, о‘quv materialini batafsil tahlil etish, birinchi darajali о‘quv materialiga imkon qadar diqqat-e’tibor qaratilishini oldindan belgilab olish imkonini beradi.
    Boshqacha aytganda, idrok xaritasi metodi kafolatlangan yakuniy natijani berish imkoniga ega:
    • ma’ruza mashg‘ulotlarida – yangi bilimlarni bayon qilish, (jamoaviy);


    • amaliy mashg‘ulotlarida – bilimlarni tekshirish, mustahkamlash (kichik guruhlarda);


    • mustaqil ta’limda – ijodiy ishlash, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish (individual).


    “Idrok xaritasi” metodini olib borish bosqichlari


    Aqliy hujum (Brainstorming). Bu mulohaza mavzusini, ya’ni asosiy mavzuni qidirishni maqsad qiladi. Odatda, xarita markazida – kо‘rsatilgan mavzu, ma’lumot turadi.
    Tо‘ldirish. Asosiy g‘oya aniqlanganda, u bilan bog‘liq asosiy mavzularni ajratib kо‘rsatish kerak. Ular qisqa nomlarga ega bо‘lishi va xarita iyerarxiyasini yaratishi lozim. Agar toifalar juda mavhum bо‘lsa, ularga rasmlarni biriktirish kerak: bu assotsiatsiyalarni yaratadi va fikrlarni tez tarqatish uchun imkon beradi.
    Xaritaning ikkinchi darajasi — mavzular, g‘oyalar yaratila boshlangan joy.
    Ikkinchi darajada keltirilgan mavzular bir yoki ikki sо‘zdan iborat bо‘lishi kerak.
    Agar xarita oddiy bо‘lsa (uchinchi darajadan oshmasa), ikkinchi darajada taklif yoki eslatma keltirilishi mumkin.
    Aniqlashtirish. Uchinchi va undan keyingi darajalar – g‘oyalarni aniqlashtirish jarayoni. Bu yerda tavsifli iboralarni, eslatma va havolalarni ishlatish, shuningdek, xarita elementlarini bir-biri bilan bog‘lash mumkin.
    Masalan, turli darajadagi har xil g‘oyalar, eslatma va havolalar о‘rtasidagi aloqalarni belgilash mumkin. Buning yordamida xarita yanada mantiqqa boy bо‘ladi.
    Fikrlar xaritalari qog‘ozda yoki mobil ilovalarda tuzilishi mumkin. Qо‘l bilan chizishning qulayligi kamroq, chunki idrok xaritasini tо‘ldirish va takomillashtirish jarayonida tarmoqlar kо‘p siljiydi va о‘zgaradi. Ilovalar yordamida buni bir yoki ikki marta bosish orqali amalga oshirish mumkin. Zamonaviy texnologiyalar yordamida fikrlar xaritasida materialni tasavvur qilish, audio yoki video tarkib bilan tо‘ldirish, shuningdek, ushbu elementlarning barchasini kо‘chirish mumkin.
    Idrok xaritasi dars jarayonida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va tuzishga yordam beradi. Shuningdek, an’anaviy tahlilda о‘tkazib yuborilgan muhim faktlarni kо‘rishga imkon beradigan assotsiativ fikrlashni faollashtirishga yordam beradi. Idrok xaritasi barcha materiallarni bitta mavzu bо‘yicha tо‘plash, barcha jihatlarni kо‘rib chiqish va umumiylikni kо‘rish imkonini beradi.
    Idrok xaritasi bilan ishlash uchun ba’zi mashhur ilovalar:
    Xaritani tuzish o’quvchiga – asosiy, ikkilamchi, uchlamchi va hokazo shoxchalarni
    (chiziqlar) ishlatish hisobidan iexarik tartibda mavzuning asosiy g’oyalari
    strukturalashtiriladi. Ushbu usuldan bo’lim, bob tugaganda foydalanish mumkin.
    https://www.androidsis.com/uz/aplicaciones-para-hacer-mapas-conceptuales/
    Download 12.46 Kb.




    Download 12.46 Kb.