Volume-1, issue-5 115 amir temur davlatida ilm-fan va madaniyat




Download 386,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana26.12.2023
Hajmi386,91 Kb.
#128361
1   2   3   4   5
Bog'liq
115-118 Muxammadiyev Islomjon G‘ayrat o‘g‘li

 
 
 
VOLUME-1, ISSUE-5 
117 
Ana shunday olimlardan biri Bursadan Samarqandga kelgan buyuk olim Qozizoda 
Rumiydir. Usmoniylar mamlakatidan Alouddin Ali Fanariy, Abulvose Xayriddin Xizr, Ilyos 
Rumiy, Alouddin Kuchhisoriy kabi olimlar Samarqand shahriga talabalarga bilim o’rgatish 
uchun olib kelingan
6

Amir Temur davrida hunarmandchilik, san’at, musiqa kabi sohalar rivojlangan. Amir 
Temur bosib olgan mamlakatlaridan olimlar, naqqoshlar, rassaomlar, me’morlar, xattotlar, 
sangtaroshlar, bastakorlarni Samarqand shahriga olib kelgan. Amir Temur davrida Samarqand 
shahridagi, o’g’li Shoxruh Mirzo davrida Hirot shahridagi bosh bastakor Abulqodir Mag’oniy. 
Abulqodir Mag’oniy “Maqosidul- alhon” nomli asarida o’n ikki maqomni keltirib o’tgan. Bular 
Ushshoq, Navo, Busalik, Rost, Xusayniy, Hijoz, Raxoviy, Zangula, Iroq, Isfahon, Zirafkand va 
Buzrug maqomlaridir
7

Amir Temurning Ko’ksaroy kutubxonasi boy ilm o’choqlari sifatida mashhur edi. Unda 
arab, turk, fors, lotin va boshqa tillarda 13,5 mingdan ziyod turli fanlarga oid kitoblar 
to’plangan. Amir Temur qaysi mamllakatga yurish qilmasin, u yerda ilm ahli bilan suhbat 
qilishga va mavjud bo’lgan kitoblarni yig’ishga intilgan. Amir Temur o’qimishli, dono kishilar 
davrasida suhbat qilishni yoqtirgan, davlat ishlarini amalga oshirishda ular bilan maslahatlashib 
ish ko’rgan. Tadqiqotchi G.Veberning yozishicha, Amir Temur o’z atrofiga shoirlar, olimlar, 
mashshoqlar 
8
 va sufilarni yiqqan
9
.  U tarixchilar, faylasuflar, ilm-fan sohibi bo’lgan kishilar 
bilan taxtdan tushib, ularning yoniga kelgan va birgalikda suhbat qurgan. 
Sharafiddin Ali Yazdiyning xabar berishicha, Samarqand, Qorabog’, Qarshida 
o’tkazgan qurultoylarida Amir Temur shahzoda va ulamolar va allomalarni birlashib ishlashga, 
mustahkam va adolatli davlat qurish uchun unga yordam berishga chaqirgan
10

Amir Temur fan va din ahliga qarata: “Fan va dinning mashhur kishilari o’z maslahatlari 
bilan podshohlarga berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening 
maqsadim mamlakatda adolat o’rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning 
turmishini yaxshilash, yurtimiz qurilishini kuchayrirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar 
menga o’z maslahatlaringiz bilan bu ishlarni amalga oshirishga ko’maklashishingiz kerak. 
Mamlakatning ahvoli, devonning suiiste’mol qilinishi va qilinganligi, oddiy odamlarning 
joylardagi hokimlar tomonidan qisib qo’yilishi kabi hollar sizlarga ko’proq ayondir. Shu haqida 
ma’lumot bersangizlar, bu kabi adolatsiz ishlarni bartaraf etuvchi hamda shariat va qonunlarga 
muvofiq chora tadbirlarni aytsangiz bo’lardi”
11

D.N.Logafet yozishicha Amir Temur jangdan so’ng qo’lga olingan o’ljalarning eng 
qimmat bahosi va qadrlisi rassom va olimlar deb hisoblagan.
12
  

Download 386,91 Kb.
1   2   3   4   5




Download 386,91 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Volume-1, issue-5 115 amir temur davlatida ilm-fan va madaniyat

Download 386,91 Kb.
Pdf ko'rish