|
Raqamlashtirish va avtomatlashtirish markazi duk direktoriga Hurmatli Sherzod Batirovich!
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 27,5 Kb. | | #248097 |
Bog'liq XAT ichlsb chiqarish
Raqamlashtirish va avtomatlashtirish
markazi DUK direktoriga
Hurmatli Sherzod Batirovich!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kafedralar va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida universitet mas’ullarini ishlab chiqarish korxonalarining o‘ziga tashrif buyurib, korxona rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.
“AKT sohasida kasb ta’limi” yo‘nalishi uchun ishlab chiqarish korxonalari qatorida “Raqamlashtirish va avtomatlashtirish markazi” DUK bilan birgalikda hamkorlik qilish manfaatli ekanligini taklif qilindi. Shunga asoslanib Sizdan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “AKT sohasida kasb ta’limi” fakulteti talabalarining reja asosida ishlab chiqarish amaliyotiga yuborish uchun, universitet o‘quv ishlari prorektori va yo‘nalish ma’sullari bilan maqsadli uchrashuv tashkil etishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Izoh: Uchrashuvda universitetdan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, fakultet dekani, kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Uchrashuv asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va “Raqamlashtirish va avtomatlashtirish markazi” DUK o‘rtasida ilmiy-uslubiy ishlarda hamkorlik qilish, talabalar amaliyotini tashkil etish, ish beruvchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan talablarini o‘rganish va uni o‘quv jarayoniga tadbiq etish mavzulariga bag‘ishlanadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Dj.Sultanov
K.Igamberdiyev
Tel:(71) 238-65-00
|
| |