• Raqamli karta
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/45
    Sana25.06.2024
    Hajmi4,14 Mb.
    #265675
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    155 

    Foydalanuvchilarning ma’lumot olish imkoniyatining chegaralanganligi. 
    Foydalanuvchilar uchun kerakli miqdorda trening kurslari tashkil 
    qilinmaganligi, zaruriy oʻquv qoʻllanmalari bilan kam ta’minlanganligi 
    ularning keskin kamayib ketishiga olib keladi.
    5.7.
     
    Raqamli kartalarni ishlab chiqarish qoidalari 
     
    Raqamlashtirish
    (
    digitizing
    ) – oddiy (analog) ma’lumotlarni kompyuter 
    tizimida saqlay oladigan raqamli koʻrinishga keltirish jarayonidir. 
    Raqamlashtirishda digitayzer (raqamlovchi) (5.14-rasm), GATdagi dasturiy 
    ta’minotlar, skanerlar va boshqa raqamlovchi qurilmalar qoʻllaniladi.
    5.14-rasm.
    Kichik raqamlovchi interaktiv doska 
    (Manba:Samardak, 2005) 
    Raqamli karta
    (
    numerical, digital map
    ) – kartalarni proyeksiyalashda, 
    koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik 
    generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli. 
    Boshqacha aytganda, raqamli karta bu raqamli kartografik ma’lumotdir. Raqamli 
    karta kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining 
    barcha me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qogʻozli, 
    kompyuter va elektron karta yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi hamda 
    kartografik ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga GAT 
    ta’minotining muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT 
    jarayonlarining natijasi ham boʻlishi mumkin. 


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    156 
    Kartografik axborotlarni tasvirlash qoidalari obyektlarning uzoq-yaqin 
    joylashuviga qarab masshtablarda koʻrsatiladi va shartli belgilarga koʻra 
    belgilanadi. Bu qoida shartli belgilar tizimi va shu bilan birga raqamli 
    topokartalarni yaratish usullari va texnik vositalari asosida ishlab chiqilgan.
    Raqamli tasvirlashning eng koʻp ishlatiladiganlari bu obyekt kodi, metrik 
    tasvirlanishi, obyektning topokartada ayni masshtabda joylashganligi 
    xarakteristikasi va koʻpincha obyektning semantikasidir.
    Obyektni metrik tasvirlash ikki xil vazifani bajaradi: 

    obyektning fazoviy holatini joylashtirish (
    fixings
    ); 

    qoʻshimcha axborot bilan ta’minlash (masalan, suv ayri chizigʻini 
    relyeflarda koʻrsatish). 
    Obyektlar xarakteriga koʻra quyidagicha tasvirlanadi: 

    diskret obyekt – bir nuqtali; 

    shartli-chiziqli obyekt – ikki nuqtali; 

    chiziqli va maydonli obyekt – koordinatalariga koʻra; maydonli obyektda 
    oxirgi nuqta oʻz oʻrnida birinchi boʻlib ham keladi. 
    Chiziqli obyektlar ham berilgan yoʻnalishiga qarab ikki guruhga boʻlinadi: 

    toʻgʻri va har qanday yoʻnalishda (masalan, yoʻl); 

    faqat balandlikni yoki relyefni tasvirlaydigan (masalan gorizontallar, suv 
    ayri chiziqlari va boshq.). 
    Skaner
    (
    scanner
    ) – bosma yoki qattiq koʻrinishdagi oddiy 
    mediama’lumotni kompyuter xotirasiga avtomatik tarzda kiritish uchun raqamli 
    rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma hisoblanadi. Skanerning ishlash tamoyili 
    berilgan oddiy formatdagi ma’lumotga nur joʻnatib, oʻsha nurni yana oʻzida qayta 
    olishiga asoslangan. Qaytarilayotgan nur skaner turiga qarab oq-qora (1 bit) yoki 
    rangli (8,16,32 bit) koʻrinishda qabul qilinishi mumkin. 

    Download 4,14 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish