• Dolzarbligi
  • Biz jamoamiz!




    Download 101 Kb.
    bet1/4
    Sana20.05.2024
    Hajmi101 Kb.
    #245385
      1   2   3   4
    Bog'liq
    “Biz - jamoamiz!” trening mashg‘uloti


    Biz - jamoamiz!” trening mashg‘uloti
    Trening o‘qituvchilar jamoasini jipslashtirish, jamoada, guruhda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan. Trening pedagogik jamoani birlashtirishga, muloqot ko‘nikmalarini, hissiy barqarorlikni, o‘ziga ishonchni, bir-biriga mehr-oqibatli munosabatni rivojlantirishga qaratilgan. Trening mashqlarini bajarish orqali o‘qituvchilar bir-birlarini tushunishni o‘rganadilar. Trening o‘qituvchilarni o‘z-o‘zini takomillashtirishga, aks ettirishga, kommunikativ kompetensiya mexanizmlarini o‘zlashtirishga undaydi.
    Maqsad:
    - o‘qituvchilarning hamjihatligi, jamoaviy o‘zaro samarali hamkorlikni shakllantirish.
    - qulay psixologik muhitni yaratish, shaxslararo munosabatlardagi to‘siqni bartaraf etish, muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish.
    Har bir inson jamoada yashashi kerak. Aynan jamoada u butun jamiyatdagi hayot tajribasini, salohiyatini boyitish, o‘z fazilatlari, bilimlari, ko‘nikmalari, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini to‘plashi mumkin. Bu insonlarning hamkorlikka, birlashishga, jamoaga bo‘lgan genetik ehtiyojini namoyon qiladi. Jamoadagi muhit avvalambor har bir xodimning o‘zaro shaxslararo munosabatlarining samimiyligiga bog‘liq. O‘qituvchilar jamoasidagi ahillik va sog‘lom psixologik muhit o‘z navbatida o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasi, o‘qituvchining bolalar bilan ishlash samaradorligi va har bir o‘qituvchining shaxsiy rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
    Vazifalar:
    - Guruhni birlashtirish orqali umumiy jamoaviy ruhni shakllantirish va mustahkamlash.
    - umumiy muammolarni hal qilishda har bir ishtirokchining mas’uliyati va hissasini rivojlantirish.
    - "jamoa" sifatida o‘z-o‘zini anglash.
    Dolzarbligi: hamma vazifani ham inson o‘zi bajara olmaydi, vaqti-vaqti bilan boshqalarga yordam uchun murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. O‘zaro jips bo‘lgan jamoada bir-biriga yordam berish muvaffaqiyatning kalitidir. Jamoada bir-birini qo‘llab-quvvatlanmasa katta maqsadlarga erishish ehtimoli kamayadi. O‘zaro jipslikning imkoniyatlari keng, ya’ni bir-birini tushunish, tinglash, his qilish, tajriba almashish, sog‘lom shaxslararo munosabatlar natijasida muvaffaqiyatga erishish.

    Download 101 Kb.
      1   2   3   4




    Download 101 Kb.