|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
154
Yuqorida biz kerakli natijani olishimiz uchun qanday bosqichlarni bajarish
va nimalarga e’tibor qaratish lozimligini koʻrib chiqdik. Endi geoaxborot
tizimining notoʻgʻri amalga oshirilishi va kerakli natijani ololmaslikning bir qator
sabablarini koʻrib chiqamiz:
Oldinga qoʻyilgan maqsadni koʻra olishning yetishmasligi. Agar
geoaxborot tizimiga oid dasturni sotib olgan boshqaruvchi tizimning oldiga
qoʻyilgan maqsad va vazifalarga mos holda ishlamasa, unda bu dastur
kerakli natijani bermaydi.
Uzoq muddatli rejalashtirishning yetishmasligi. Shuni esda tutish kerakki,
GAT loyihasini amalga oshirish uzoq muddatli jarayonlardan hisoblanadi
va ba’zida bu jarayon kamida 10 yil mobaynida ham amalga oshirilishi
mumkin. Boshlangʻich hisob-kitob davrida ma’lumotlarning zaruriy yillar
davomidagi yangilanishi, ularni bazaga kiritish xarajatlari hisobga olinmay
ish boshlansa, unda vaqt oʻtishi bilan ishlar toʻxtab qolishi ham mumkin.
Qaror qabul qiluvchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yetishmasligi.
Ba’zi paytlarda loyihani amalga oshirayotgan boshqaruvchi oʻrniga mazkur
sohani yaxshi tushunmaydigan boshqaruvchilar tasdiqlanadi. Bu, oʻz
navbatida, loyihani muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.
Tizimli tahlilning yetishmasligi. Karta ma’lumotlarini raqamlashtirish
jarayoni koʻpincha qoʻl yordamida bajariladi. Bu, oʻz navbatida, loyihaning
sekinlik bilan bajarilishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi jarayonlarni
avtomatik hisoblangan interaktiv raqamlashtirish usullari orqali yoki mos
dasturlar bilan ham amalga oshirish mumkin. Demak, mos tizimli tahlil
hamda dasturlarni qoʻllamaslik va tashkiliy ishlarni avtomatlashtirishni
kechiktirish ham loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga salbiy
ta’sir koʻrsatadi.
Tekshiruv ishlarining yetishmasligi. Loyiha davomida notoʻgʻri dastur va
kompyuter qurilmalarini ishlatish tekshiruv ishlarining zarur darajada
amalga oshirilmaganligidan dalolat beradi. Boshlangʻich reja har doim
malakali mutaxassislar tomonidan tekshirilib, baholab turilishi zarur.
|
| |