Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
152
2-bosqich. Rejani koʻrib chiqish
: geoaxborot
tizimi loyihasi sohaga
aloqador va mutasaddi tashkilotlarga koʻrsatilib, tushuntirilib,
kerakli ruxsat va
oʻzgartirishlar olinadi.
3-bosqich. Rejani tasdiqlash
: geoaxborot tizimining
qonun-qoidalariga
asoslanib, loyiha javobgar katta boshqaruvchi tomonidan tasdiqlanishi zarur.
4-bosqich.
Loyiha jamoasini tuzish
: loyiha oldiga qoʻygan
maqsadlarini
amalga oshirish uchun mos mutaxassislarni jalb qilishi zarur.
Tahlil.
5-bosqich. Texnik-iqtisodiy izlanish
(TEO):
mutaxassislar tomonidan
kelgusida loyihani amalga oshirish uchun loyihalanayotgan obyektning hozirgi
holati, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichi va sharoiti oʻrganilib,
hisobot shaklida
yoziladi. Bu hisobotning qanchalik darajada toʻgʻriligi kelgusida ishlarning
qanday olib borilishiga katta ta’sir koʻrsatadi.
6-bosqich. Boshlangʻich loyihani tasdiqlash
: loyiha budjetiga asoslanib,
boshlangʻich loyiha tasdiqlanishi zarur.
7-bosqich. Texnik koʻrsatkichlarni hisoblash:
dasturiy ta’minot,
ishlatiladigan qurilma va ma’lumotlar bazasi uchun texnik koʻrsatkichlar
hisoblanadi va oʻrganiladi.
8-bosqich. Dasturni tanlash
: dasturni ishlab chiqaruvchi kompaniya va mos
dastur tanlanadi.