• Tabiiy tosh materiallar turli Pardevorlar uchun ishlatiladi ; 2.1. Umumiy ma’Iumotlar
  • 2.2. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar
  • 2.2.1. Magmatik tog‘ jinslar
  • Toshkent arxitektura qurilish universiteti “Qurilish va atrof muhit muhandisligi” kafedrasi “Qurilish materillari va buyumlari” fanidan




    Download 262.6 Kb.
    bet1/4
    Sana23.04.2024
    Hajmi262.6 Kb.
    #204916
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Allaberdiyeva Navruza
    DUSHANBA, Ma\'amura


    TOSHKENT ARXITEKTURA
    QURILISH UNIVERSITETI

    Qurilish va atrof muhit muhandisligi” kafedrasi

    Qurilish materillari va buyumlari” fanidan
    MUSTAQIL ISH

    Guruh: 300-23QIKMO’
    Bajardi: Allaberdiyeva Navruza
    Tekshirdi:
    Mavzu: Tabiiy tosh materillari va ularning turlari

    REJA;


    1. Tabiiy tosh materiallar turli

    2. Pardevorlar uchun ishlatiladi;



    2.1. Umumiy ma’Iumotlar
    Tog‘ jinsi muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo‘lib, geologik jarayonlar natijasida yer qatlamida hosil bo‘lgan. Minerallar fizik va kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo‘lib, yer qatlamida yuz bergan fizikkimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan. Tabiatda minerallar turi 2000 ortiq boMsada, tog‘ jinslari 50 taga yaqin minerallardan iborat. Tog‘ jinslari monomineralli va polimineralli bo‘ladi. Tabiiy toshlar qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va materiallar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan tosh millionlab m3 ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak material sifatida qo‘llaniladi. Tabiiy tosh materiallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muhitni asrash, qonun qoidalariga rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil boMadigan texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo'Iadi.


    2.2. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar
    Tog‘ jinslari shakllanishiga ko‘ra uch genetik guruhlarga bo‘linadi: silikatli qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan magmatik jinslar, tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar, yer qatlamida fizik-kimyoviy sharoitda qayta kristallanib, ko‘rinishi o'zgargan metamorfik jinslardir
    2.2.1. Magmatik tog‘ jinslar
    Magmatik jinslar magmaning vulqon harakatlari natijasida yer yuziga toshib chiqishidan yoki yeming yoriq va bo‘shliqlarida qotishidan hosil bo‘ladi. Magmaning sovush sharoitiga nisbatan chuqurlikda qotgan (intruziv) va toshib chiqqan (effuziv) turlarga bo‘linadi. Chuqurlikda qotgan magmatik tog‘ jinslarga granit, siyenit, diorit, gabbro va boshqalar kiradi. Bunday jinslar yuqori bosim va kislorodsiz muhitda asta-sekin sovigani uchun o‘ta zich kristall strukturaga ega bo‘ladi. 18 Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt, andezit, diabaz, porfir va shu kabilar) yer yuzida tezlik bilan sovishi natijasida tola kristallanmagan bo‘ladi. Sovlsh davrida gazsimon moddalarning ajrab chiqishi g ‘ovak toshlami (pemza, tuf) hosil qiladi. Magmatik jiftslarni hosil qiluvchi asosiy minerallarga kvars, dala shpatlari, temir-m%nezialli silikatlar kiradi. 2.1-jadval

    Tog‘ jinslarining genetik tasniflanishi Magmatik jinslar Massiv Chuquriikdagi Granit, siyenit, diorit, gabbro Toshib chiqqan Porfir, kvars, diabaz, traxit, porfirit, andezit Bo‘laklangan (otilib chiqqan) Sochiluvchan Vulqon kuli, pemza Sementlangan Vulqon tufi Cho‘kindi jinslar Mexanik cho‘kindilar Sochiluvchan sementlangan Giltuproq, qum, shag’al. qumtosh, konglomerat, brekchiya Kimyoviy cho‘kindilar Gips, angidrit, magnezit, dolomit, ohaktufi, ohaktosh Orgonogen cho‘kindilar Chig’anoqli ohaktosh, mel, diatomit, trepel Metamorfik jinslar Gneyslar (granitsimonlar), gil, slaneslar, (giltuproqli), marmarlar (ohaktosh, dolomitlar), kvarsitlar (qumtoshlar)


    Kvars - (Si02) kristall tuzilishga ega juda zich, mustahkam va agressiv muhitlarga chidamli. Kvarsning siqilishdagi mustahkamligi 2000 MPa gacha, cho‘zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo‘ladi. Qattiqligi jihatidan topaz, korund va olmosdan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. Erish harorati 1700°S. Kvars qum sifatida cho‘kindi tog‘ jinsining asosini tashkil etadi. Dala shpati - magmatik jinslaming 60-70 foizini tashkil etadi. Dala shpatining Ortoklaz (K20A l20 3-6Si02) va Plagioklaz (Na20 A l20 3-6Si02 - albit, C a0 Al,03-2Si02- anortit) turlari mavjud. Uning mustahkamligi 19 (120 - 170MPa) va chidamliligi kvarsga nisbatan kamroq bo‘ladi.

    Download 262.6 Kb.
      1   2   3   4




    Download 262.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent arxitektura qurilish universiteti “Qurilish va atrof muhit muhandisligi” kafedrasi “Qurilish materillari va buyumlari” fanidan

    Download 262.6 Kb.