|
Mavzu: Magmatik tog’ jinslari Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 14.05.2023 | Hajmi | 27.67 Kb. | | #59482 |
Bog'liq Magmatik tog’ jinslari Mavzu Ko’pburchak bilan tanishtirish. Maqsad, 04-21 SST Ummatova Elnora Kaxramanovna, 1. Darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarn, Xalqaro savdo
Mavzu: Magmatik tog’ jinslari
Reja:
1. Magmatitlar
2. Pegmatitlar
Mineral hosil qiluvchi endogen protsesslar haqidagi bilimlarimiz yer qobig’ining ichki qismlarida joylashgan magmatik ochaglar faoliyati haqidagi tushunchalarimizga asoslanadi. Bunday protsesslar biz kuzata olmaydigan darajada katta chuqurliklarda sodir bo’ladi. Bu chuqurlik protsesslari haqida mulohazalar yuritish uchun imkon beradigan ba’zi bir ma’lumotlami faqat vulkanlar yer yuziga chiqib turgan tumanlardan olishimiz mumkin. Boshqacha hollarda turli magmatik jinslaming va ular bilan joylanishi bog‘lik bo’lgan foydali qazilma konlaming o4zaro munosabatlarini, ulaming tarkibi, strukturasini va joylashish sharoitlarini tekshirishdan olingan ma’lumotlar hamda mineral hosil qiluvchi endogen protsesslarga xos qonuniyatlar haqida (fizik-kimyoviy qonunlarga muvofiq) ba’zi tushunchalami olishga imkon beradi. Bu tushunchalarga muvofiq magmalar, tarkibiga ko‘ra silikatli qaynoq - erib turgan hamirsimon qotishma bo‘lib, ular tarkibida yengil-uchuvchan moddalar ham ishtirok etadi. Magnit ko4pchiligi ma’lum vositalar natijasida yer yuziga chiqmasdan, yer qobig4ining ustki qismlariga ko‘tarilib 113 kelayotgan paytlarda ular katta bosim ostida asta-sekinlik bilan soviydi va differensiyalanish yuz berib, u tarkibiy qismlarga ajraladi magmaning mahsulotlari uning kristallanishi natijasida xilma-xil magmatik silikatli jinslami hosil qiladit. Shu bilan birga magmaning tarkibida juda oz miqdorda uchraydigan og‘ir metallar (Sn, W, Mo, Au, Ag, Pb, Zn, Cu va h.k.) yengil uchuvchi komponentlar (H20, S, F, Cl, В va h.k.) bilan yengil eruvchan birikmalar hosil qiladi va magma kristallana borgan sari ular magmatik ochaglaming ustki qismlarida to‘plana boradi. Ba’zan ulaming yordamida qoldiq silikat eritmalar hosil boiib, ulaming kristallanishidan pegmatitlar deb ataluvchi tarkibida F, B, Be, Li, Zr, ba’zan esa minerallarda siyrak yer va boshqa elementlar ishtirok etuvchi jinslar yuzaga keladi. Boshqa bir hollarda esa ular gazsimon mahsulotlar shaklida magmatik ochaglardan uzoqlashib, yon atrof jinslar bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishadi va ularga o‘zining kuchli kontakt ta’sirini ko‘rsatadi.
|
| |