• Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/45
    Sana25.06.2024
    Hajmi4,14 Mb.
    #265675
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
    Amalga oshirish. 
    9-bosqich. Ma’lumotlar bazasini loyihalash:
    ma’lumotlarni toʻplash, 
    boshqarish va ularni ma’lumotlar bazasida yangilab turish jarayonlari hamda 
    ma’lumot bazasining tuzilishini loyihalash ishlari amalga oshiriladi. 
    10-bosqich. Boshlangʻich loyihani amalga oshirish
    : tanlangan dasturiy 
    ta’minotni qoʻllagan holda kichik masshtabdagi geoaxborot tizimi loyihasi 
    amalga oshiriladi. 
    11-bosqich. Boshlangʻich loyihani oʻrganish
    : ushbu kichik masshtabdagi 
    loyiha doirasida ma’lumotlar bazasining loyihalanganligi, ma’lumot toʻplashga 
    ketgan xarajatlar, kompyuter qurilmalarini ishlatish tizimi va mos dasturiy 


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    153 
    ta’minotning samaradorligi oʻrganib chiqiladi hamda keyingi katta loyiha uchun 
    moslanib, kamchiliklar boʻlsa, bartaraf qilinadi.
    12-bosqich. Zaruriy tizimni sotib olish:
    barcha hisob-kitoblar qilib 
    boʻlinganidan keyin katta masshtabdagi loyihani amalga oshirish uchun zarur 
    boʻlgan kompyuter qurilmalari (raqamlovchi qurilmalar, skanerlar, printer va 
    plotterlar) va dasturiy ta’minotlar sotib olinadi. 
     
    13-bosqich. 
    Agar kerak boʻlsa,
     trening kurslarini
    tashkil etish zarur. 
    14-bosqich. Ma’lumotlarni kiritish.
    15-bosqich. Loyihaning kundalik ishlashini boshqarib turish. 
    Geoaxborot tizimi loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
    quyidagi 6 ta omil katta ahamiyatga ega hisoblanadi: 
    1.
    Ma’lumotni kiritish. Geoaxborot tizimida ma’lumotlarni toʻplash va 
    kiritish umumiy loyihaga ketadigan xarajatning 80%ini tashkil etgani uchun bu 
    birinchi omil hisoblanadi. Geofazoviy ma’lumotni tanlash va tasniflashga koʻproq 
    e’tibor qaratilishi zarur. Bu, oʻz navbatida, kelgusi bosqichdagi raqamlashtirish 
    jarayoniga ham ta’sir koʻrsatadi. 
    2.
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish. Bunda asosiy e’tibor ma’lumot sifatiga 
    va davriy ravishda yangilab turilishiga qaratilishi lozim. 
    3.
    Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun nafaqat katta 
    boshqaruvchilar, balki texnik xodimlar ham koʻproq e’tibor qaratmogʻi lozim. 
    4.
    Agar tanlangan dasturning kerakli amaliy masalalarni hal qilishga 
    imkoniyati yetmasa, unda mutaxassislar yordamida zaruriy yechimlar ishlab 
    chiqilishi lozim. 
    5.
    Ma’lumotni birgalikda ishlab chiqish ma’lumot kiritishga sarflanadigan 
    umumiy xarajatni kamaytiradi va oʻz navbatida, ma’lumot bazasini ishlatishga 
    zamin yaratadi.
    6.
    Ta’lim va trening geoaxborot tizimi mazmuni, maqsadi va 
    texnologiyasini tushunishda juda muhim hisoblanadi. Bunda trening kurslari 3 ta 
    bosqichda: foydalanuvchilar, mutaxassislar va texniklar uchun moʻljallab 
    oʻrgatilishi zarur.



    Download 4,14 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari

    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish