Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
173
ranglarga oʻxshab grafik simvollar ustunlik va qulaylikni ifodalaydi.
Simvollashtirish karta modelida vertikal oʻlcham geometrik ma’lumotlarning
emas, balki mavzuli ma’lumotlar sohasidadir, degan ma’noni bildiradi.
Nazorat savollari
1.
Geotasvirlash nima?
2.
Geotasvirlash uchun qanday muhim shartlar zarur boʻladi?
3.
Mavzuli karta nima?
4.
Raqamli kartaning elementlariga nimalarni kiritish zarur?
5.
Kartalarni raqamli tasvirlashda asosan qaysi qoidalar qoʻllaniladi?
6.
Uch oʻlchamli tasvirlash nima?
7.
Geotasvirlash usullariga misollar keltiring.
8.
Tasniflash va qayta tasniflashning bir-biridan farqi nimalardan
iborat?
9.
Generalizatsiya nima uchun zarur?
10.
Ma’lumotlarni turli usullarda tasvirlashga misollar keltiring.
11.
Raqamlashtirish qoidalarini aytib bering.
12.
Raqamli karta nima?
13.
Elektron karta nima?
14.
Vektorlash qanday amalga oshiriladi?
15.
Rastrlash qanday amalga oshiriladi?
16.
Geotasvirlashdagi xatoliklarni bartaraf etish usullarini aytib bering.
17.
Geotasvirlashning usuli hisoblangan modellashtirish bizga nima
uchun zarur?
18.
GATda modellashtirish qanday usullar orqali amalga oshiriladi?
19.
DEM nima ?
20.
DTM nima?
21.
Joyning raqamli modelini yaratishda kontur chiziqlar yoki
gorizontallarning ishlatilish tamoyili nimalardan iborat?
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
174
6-bob.
GEOAXBOROT TIZIMINING ME’YORIY VA HUQUQIY
ASOSLARI
6.1.
GATning Davlat kadastrlari yagona tizimidagi oʻrni
Davlat kadastrlari yagona tizimiga ma’lumotlarni tadqim qilishning tarkibi
va tartibi boʻyicha Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari
toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu nizom mutasaddi
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va tashkilotlarning Davlat kadastrlari yagona
tizimiga (DKYT) ma’lumotlarni taqdim etishini belgilab beradi.
Davlat kadastri DKYT ning tarkibiy qismi hisoblanadi va u davlat kadastri
yuritiladigan tabiiy, xoʻjalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining
geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi
toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
DKYT Oʻzbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy
salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini
ta’minlashga moʻljallangan koʻp maqsadli axborot tizimi tarzida yaratiladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini
taqdim etish tartibi davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ
tomonidan belgilanadi.
DKYT koʻp maqsadli axborot tizimi hisoblanib, davlat kadastrlari
toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni va boshqa kadastr ma’lumotlarini oʻz ichiga
oladi.Mazkur nizomning geoaxborot tizimi bilan bogʻliqligi shundaki, ushbu
tizimga kiritiladigan barcha ma’lumotlar „Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi
tomonidan geoaxborot tizimi shaklida qabul qilinadi va bunda yagona dastur
sifatida ArcGIS dasturi fayllari qabul qilingan. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad
esa Oʻzbekiston hududi boʻylab umumiy ma’lumotlarni qayd qilish va hisobini
yutirishdir.
DKYT yuritishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
kadastr obyektlarining
har bir
turi
boʻyicha
Oʻzbekiston
Respublikasining butun hududini toʻla qamrab olish;
fazoviy koordinatalarning yagona sistemasini qoʻllash;
|