|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
177
16.
Energetika obyektlari davlat kadastri.
17.
Chiqindilarni koʻmib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri.
18.
Tabiiy xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri.
19.
Texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri.
20.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri.
21.
Hududlar davlat kadastri.
6.2.
Geografik axborot tizimining elektron hukumat
tizimidagi oʻrni
Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotganligi
natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari
oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish hamda
ularni hayotga keng joriy qilishga erishilmoqda.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yoʻnaltirilgan koʻp
tarmoqli axborot sanoatini tashkil etish, AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida
keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligiga
erishish, rivojlangan davlatlar standartlariga chiqish maqsadida Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qancha farmonlar va hukumat qarorlari
qabul qilinib, amalda tatbiq qilinmoqda.
Axborot texnologiyalarining davlat boshqaruviga kiritilishi shu sohada
kuzatishlar olib borgan mutaxassislar tomonidan 60 dan ortiq mamlakatda olib
borilgan tadqiqotlar aynan rivojlangan davlatlardagina AKT iqtisodiy oʻsish bilan
uzviy bogʻliqligini koʻrsatdi, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlarda AKTning
ta’siri kam boʻlib, uning rivojlanishi faqat ma’lum bir darajaga yetganidan
keyingina yalpi ichki mahsulotning jon boshiga oʻsishini ta’minlash mumkinligi
qayd etilgan. Respublikamiz iqtisodiy sektorida AKTga jalb etilgan
investitsiyalar hajmi, oxirgi yillar mobaynida tahlil qilingan davlat boshqaruvi
organlari va korxonalari boʻyicha sof foyda miqdori ortganligi fikrimizning isboti
boʻla oladi.
Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, davlat boshqaruvida AKTni qoʻllash
uning natijaviy samaradorligini, xususan, axborotning oʻzaro ta’siri, qayta
|
| |