|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
179
va xususiy korxonalar litsenziya hamda ruxsatnoma sotib olishi, soliq
deklaratsiyasini taqdim etishi, jarima toʻlashi va ijtimoiy imtiyozlar soʻrab
murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
Bugungi kunda elektron hukumat mavzusi juda ommalashib ketdi. Biroq
soʻnggi vaqtlarda e’lon qilinayotgan materiallarda mazkur mavzuga yondashishda
tizimlilik va konseptual qat’iylik yoʻqligi tashvishga soladi. Davlat boshqaruvida
AKT haqida gapirilganda, odatda platformalar, portallar, hujjatlar aylanishi, u
yoki bu firmalarning texnologiyasidan foydalanish toʻgʻrisida soʻz yuritishadi
yoki boʻlmasa, elektron hukumat deb atalish huquqiga talabgorlik qilayotgan,
aslida esa bunday boʻlmagan axborot-kommunikatsiya tizimlarining amalga
oshirilganligi va muvaffaqiyatli joriy etilganligi haqida misollar keltiriladi.
Axborot texnologiyalarining ijtimoiy hayotga joriy etilishining
koʻchkisimon jarayonidan soxta koʻtarinkilik holatiga tushish davrimizning
xarakterli belgisi hisoblanadi. Tegishli davlat dasturlari qabul qilinishi bilan
mustahkamlangan ushbu jarayon davlat boshqaruvi organlarining yalpi
axborotlashtirilishi darajasiga chiqqanidan keyin koʻpchilik AKTning davlat
boshqaruviga joriy etilishi mana shundan boshlanadi, deb hisoblamoqda.
AKTning joriy etilishi davlat boshqaruvi tizimi faoliyatining jamiyat uchun
koʻproq
ochiqligini
ta’minlaydi.
Davlat
boshqaruvi
organlarining
kompyuterlashtirilishi va “onlayn” interfeysi bilan jihozlanishi muhim qadam
hisoblanadi, biroq AKTni joriy etish bilan bogʻliq vazifalarning butun kompleksi
bu bilan tugamaydi.
AKT tizimi davlat bilan jamiyat oʻrtasidagi aloqalar tartibotini ancha
soddalashtiradi, biroq bu ularning yakka-yu yagona va asosiy afzalligi emas.
AKTning davlat boshqaruvida amalda joriy etilishining asosiy maqsadi va
kutilayotgan natijasi keng koʻlamda davlat boshqaruvining bazaviy jihatdan yangi
sifatga oʻtganligi deb hisoblash mumkin. Davlat boshqaruvida AKT – bu nafaqat
davlat boshqaruvining tegishli sifat darajasida axborot-texnik tashkil etilishi,
balki istalgan mamlakat jamiyatida mavjud boʻlgan munosabatlar va aloqalarni
sifat jihatidan boshqacha tashkil etish va boshqarish hamdir.
|
| |