|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
188
3.
Oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi
mumkin boʻlgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir
ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi.
Qonunga muvofiq, davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar
bilan chegaralab qoʻyiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy
harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va oʻzga xil ma’lumotlar Oʻzbekiston
Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi. Axborotlarni maxfiylashtirish va
maxfiylikdan chiqarish ushbu qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tasdiqlaydigan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini aniqlash va
belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom va Oʻzbekiston Respublikasida
maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxatiga muvofiq amalga
oshiriladi.
Aksariyat tadqiqotchilar axborotni muhofaza qilishning qonuniylik,
asoslilik va yagonalik tamoyillarini farqlaydilar. Oʻz-oʻzidan ayonki, bu
tamoyillar turli davlat organlari uchun yagona va majburiydir. Birinchi –
qonuniylik tamoyili. Axborot mulkdorlarining huquqlari ham, ehtimol tutilgan
iste’molchilarning huquqlari ham belgilab qoʻyilishi lozim. Axborotni ruxsatsiz
(qonunga xilof ravishda) olganda javobgarlik darajasi ham aniq belgilanishi
darkor: jinoiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, intizom javobgarligi va shu
kabilar. Ikkinchi – iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tamoyili. Axborot mulkdori u
yoki bu ma’lumotlarning noyoblik darajasini (agar ular davlat sirlariga mansub
boʻlmasa), shuningdek, ularni muhofaza qilishning huquqiy vositalarini oʻzi
belgilashi lozim. Uchinchi – axborotni maxfiylashtirish mezonlarining, binobarin,
maxfiylik darajalarining yagonaligi tamoyili. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi
IIV uchun va, aytaylik, Adliya vazirligi uchun ma’lumotlarning maxfiylik
darajasida farqlar boʻlishi mumkin emas. Bunda huquqni muhofaza qiluvchi
idoralarning har biri davlat sirlari va maxfiy axborotga turli hajmlarda ega
boʻlishi mumkin, lekin ularning maxfiylik darajasiga, ularni muhofaza qilish
usullariga nisbatan yondashuvlar yagona boʻlishi lozim.
|
| |