|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
187
toʻgʻrisida”gi
Qaroriga
muvofiq,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
huzurida Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etildi hamda mazkur
markazning asosiy vazifalari etib “Elektron hukumat” tizimida axborot
xavfsizligini ta’minlash, davlat organlari axborot tizimlari va resurslarining
axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga
koʻmaklashish, axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar toʻgʻrisidagi
ma’lumotlarni yigʻish, tahlil qilish va toʻplash, davlat axborot tizimlari va
resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring oʻtkazish,
internet tarmogʻi milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi
meʻyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish
hamda ushbu sohada oʻzaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot
xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish belgilab berildi.
Davlat sirlarini saqlash va maxfiy axborot institutlari davlat axborot
xavfsizligi tizimining asosiy elementlari hisoblanadi. Ular huquqni muhofaza
qiluvchi organlar tizimida axborotni almashish jarayonida yuzaga keladigan
huquqiy munosabatlarda alohida oʻrin egallaydi. “Davlat sirlarini saqlash
toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, tarqatilishi Oʻzbekiston
Respublikasining xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar
axborotni davlat sirlariga mansub deb topishning asosiy mezoni hisoblanadi.
Ularni uch asosiy turkumga ajratish mumkin:
1.
Oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat holatiga
salbiy ta’sir etishi yoki Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati,
davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa ogʻir
oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar davlat sirini
tashkil etadi.
2.
Oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat
xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi
mumkin boʻlgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar harbiy sirni tashkil
etadi.
|
| |