|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
189
6.4.
Oʻzbekistonda milliy geografik axborot tizimini yaratish
Oʻzbekistonda milliy geografik axborot tizimini yaratish deganda tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, hududlarni,
iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani kompleks rivojlantirish borasida
boshqaruv qarorlari ishlab chiqish va bunga koʻmaklashish uchun Oʻzbekiston
Respublikasining Milliy geografik axborot tizimini (MGAT) ishlab chiqish va
yaratish nazarda tutiladi.
MGAT–bu Oʻzbekiston Respublikasining butun hududiga joriy
qilinadigan, asosiy iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab
oladigan hamda quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan
kompleks axborot tizimidir:
kompyuter vositasida ifodalanadigan shakldagi fazoviy ma’lumotlar;
funksional imkoniyatlarning vazifalarga muvofiq toʻplami, ularda geoaxborot
texnologiyalarining operatsiyalari amalga oshiriladi.
MGATning respublika (markaziy) va 14 ta hududiy axborot-tahlil
markazlarini hamda respublika davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati
organlarining hududiy markazlarini yaratish moʻljallanadi.
Ushbu milliy tizim quyidagi me’yoriy hujjatlar asosida yaratiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston
Respublikasining
Milliy
axborot-kommunikatsiya
tizimini
yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PP-1989 sonli Qarori (2-ilova, 5-
band);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy
geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2045 sonli Qarori.
MGATni yaratish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud:
respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan
rivojlanishi;
|
| |