|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
194
mahsulotlarning oʻzaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini
ta’minlash;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholining hamda xalq
xoʻjaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat
qila olish imkonini oshirish;
barcha turdagi resurslar tejalishiga koʻmaklashish, ishlab chiqarishning
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga
kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda, xalq xoʻjaligi obyektlarining
xavfsizligini ta’minlash;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda
sifati toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot bilan ta’minlash;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash;
oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlash.
6.6.
Geoaxborot tizimida standartlashtirish
Standartlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilot (ISO) nodavlat tashkiloti
boʻlib, 1947-yilda umumjahon standartlarini ishlab chiqish, axborotlarni
almashish jarayonlarini yaxshilash hamda xalqaro savdoning oʻsishini doimiy
ravishda ta’minlab turish maqsadida tashkil boʻlgan. Hozirgi kunda ISO
standartlari ishlab chiqarish bilan, loyihalash, tajriba bilan mashgʻul boʻlgan
eksportchilar, importchilar tomonidan keng ravishda yuritilmoqda. Bunday
standartlar mahsulotlar sifatini baholashda vа ularni boshqa bir mahsulot bilan
taqqoslashda qoʻllanilib kelmoqda.
ISO faoliyati deyarli barcha sohalardagi standartlarni qoʻllab kelmoqda,
faqatgina elektrotexnika vа elektronika sohasidagi standartlarni ishlab chiqish
Xalqaro elektrotexnika komissiyasi vakolatiga kiradi (IEC). Hozirgi kunda ISO
tarkibiga 163 davlatning milliy standartlashtirish tashkilotlari a’zo hisoblanadi.
|
| |