Osi modelining paydo boʻlish tarixi osi modeli nima?




Download 0,81 Mb.
bet1/8
Sana13.06.2024
Hajmi0,81 Mb.
#263380
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Osi ma\'lumotnoma modeli





REJA:




  1. OSI modelining paydo boʻlish tarixi

  2. OSI modeli nima?

  3. OSI Modelining kamchiliklari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar







OSI modelining paydo boʻlish tarixi
1970 – yildan boshlab har bir rivojlangan davlatlar oʻz tarmoqlarini yarata boshlagan. Buyuk britaniya NPL tarmogʻini, Qoʻshma shtatlar ARPANET va Fransiya CYCLADES tarmoqlarini yaratish boʻyicha ham hukumat tomonidan ham IBM kompaniyasining Tizimlarning tarmoq arxitekturasi (Systems Network Architecture) va DEC (Digital Equipment Corporation) tashkilotining DECnetm kabi xususiy tashkilotlar tomonidan moliyalashtirish jarayoni boshlandi. Oʻsha paytlarda Umumfoydalanish ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari endigina paydo boʻla boshlagan va 1970 yillarning oxirida Umumfoydalanish tarmoqlarida X.25 standarti birinchi marta joriy etilgan. Keyinchalik Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 1977 yildan boshlab tarmoqning umumiy standartlari va usullarini ishlab chiqish dasturini amalga oshirdi. Xalqaro telegraf va telefon boʻyicha maslahat qoʻmitasida (CCITT) ham shunga oʻxshash jarayon amalga oshirildi. Ikkala xalqaro tashkilot ham oʻxshash tarmoq modellarini aniqlaydigan hujjatlarni ishlab chiqdi. OSI modeli birinchi marta 1978 yil fevral oyida Vashingtonda, DC shahrida frantsiyalik Hubert Zimmermann tomonidan aniqlangan. Ammo standart loyihasi ISO tomonidan 1980 yilda nashr etilgan. Oʻsha vaqtlarda tarmoqlarni loyihalash boʻyicha etolon modelni ishlab chiqish jarayoni bir nechta tashkilotlar tomonidan bir vaqt amalga oshirilgan. 1983 yilda CCITT va ISO hujjatlari oʻzaro birlashtirilib, Ochiq tizimlarning oʻzaro aloqasi uchun etolon model dastlabgi koʻrinishi yaratildi, odatda Ochiq tizimlarning oʻzaro aloqasi etolon model, OSI etolon modeli yoki oddiygina qilib OSI modeli deb nomlandi. 1984 yilda ISO xalqaro tashkiloti tomonidan ISO 7498 hamda CCITT xalqaro tashkiloti tomonidan X.200 standartlari koʻrinishida OSI etolon modeli haqida ma’lumotlar nashr etildi. CCITT xalqaro tashkilot hozirgi kunda ITU-T telekommunikatsiya standartlashtirish sektori deb nomlanadi.



Download 0,81 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Osi modelining paydo boʻlish tarixi osi modeli nima?

Download 0,81 Mb.