|
Ma’lumotlar bazasi” fani bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 1/11 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 319,43 Kb. | | #237837 |
Bog'liq УМК Маълумотлар Базаси
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“MA’LUMOTLAR BAZASI”
FANI BO’YICHA
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Tuzuvchilar: T.A.Xo’jaqulov
A.X.Satvoldiyev
Toshkent
3–mavzu.
Ma’lumot baza modеli. Moxiyat-aloqa modеli.
REJA:
Ma’lumot modeli tushunchasi.
Ierarxik (shajara) ma’lumot modeli.
Tarmoqli ma’lumot modeli.
Predmet sohani tavsiflash usullari.
Mohiyat-aloqa diagrammasi.
Tayanch iboralar: infologik model, datalogik model moslik, Ulman Chen usuli, mohiyat, ma’lumot modeli, ierarxik,tarmoqli model, relyatsion model.
Zamonaviy MBBTlari datalogik bosqichda xilma–xil MB bilan ishlashni ta’minlaydi. Hozirgi kunda eng ko‘p o‘rganilgan va keng ishlatiladigan ma’lumot modellari kiradi. Ma’lumot modeli, bu MB ni ma’lumot elementlari to‘plami orasidagi bog‘lanish strukturalarini tasvirlovchi umumiy sxemadir. Ma’lumot modeli tushunchasini aniq ta’rifini Kodd bergan. U ma’lumot modelini 3 ta kerakli komponentasini keltirgan:
mavjud bo‘lgan ma’lumot strukturalarini aniqlash vositalari majmuasi;
ma’lumotlarni qidirish va takomillashtirish uchun MB xolatiga qo‘llaniladigan amallar to‘plami;
oshkor holda MB holatini aniqlovchi va bir butunligini ti’minlovchi vositalar to‘plami;
Xozirgi kunda klassik xisoblashlarda 3 ta ma’lumot modeli ko‘p ishlatiladi:
Ierarxik ma’lumot modeli;
Tarmoqli ma’lumot modeli;
Relyatsion MM.
Har bir MB u yoki bu model asosida yoritiladi. Har bir MBBT esa u yoki bu ma’lumot modelini ta’minlaydi deyiladi. Masalan, ierarxik ma’lumot modeliga asoslangan tizim – ines tizimidir. Tarmoqli modellarda esa – BANK OS , SETOR, relyatsion modelga asoslangan tizimlar – Access, KARAT va boshqalar.
|
| |