• Tayanch s o‘zlar
  • Ma’lumotlar bazasi” fani bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua




    Download 319,43 Kb.
    bet6/11
    Sana16.05.2024
    Hajmi319,43 Kb.
    #237837
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    УМК Маълумотлар Базаси

    Nazorat savollari

        1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini asosiy tushunchalari.

        2. Munosobat xossalari

    3. Munosobatlar sxemasi.
    4. Relyatsion algebra amallari.

    5 – mavzu.
    Rеlyatsion algеbra va rеlyatsion xisobot elеmеntlari

    REJA


    1. Ma’lumotlar bazasida munosobatlar.

    2. Munosabatlar ustida amallar.

    3. Relyatsion ma’lumotlar bazasini asosiy tushunchalari.

    4. Relyatsion algebra va uning amallari.



    Tayanch so‘zlar: dekard, kesishuv, birlashtirish, domen, relyatsion.


    Munosabatlar ustida amallar. Munosabatlar ustida xar-xil amallar bajariladi. Relyatsion ma’lumotlar modelini xususiyatlaridan biri ma’lumotlarni qayta ishlashni relyatsion algebra operatorlari (amallari) yordamida amalga oshirishdir. Relyatsion algebrada kuyidagi 8 ta operator keng ishlatiladi. Ulardan 4 tasi an’anaviy tuplamlar ustidagi amallar kiradi.
    An’anaviy (qabul qilingan) amallarga quyidagilar kiradi.

    1. Birlashtirish

    2. Kesishuv

    3. Ayirma

    4. Dekart ko`paytma

    Maxsus amallarga esa quyidagilari kiradi:

    1. Tanlash (seleksiya)

    2. Proeksiya

    3. Qo`shish

    4. Bo`lish

    Munosabatlar ustida bajariladigan birlashtirish, kesishuv, ayiruv amallari operatorlarning tili yoki turi bo`yicha mosligini talab etadi. 2 ta munosabat tipi bo`yicha mos keladi, agarda ularda ekvivalent munosabat sxemasi bulib:

    1. ulardagi xar bir darajasi bir xil bo`lsa yoki ular bir xil atribut to`plamiga ega bulsa;

    2. sxema atributlarini shunday tartiblash mumkinki, bir xil o`rinda turib solishtirilayotgan atributlari bir xil domenda aniqlangan bo‘lishi kerak.

    Misollar: 1. Birlashtirish amali

    Familiyasi

    Yosh




    Familiyasi

    Yoshi

    Karimov

    20




    Eragshev

    19

    Odilov

    23




    Ilxomov

    30

    Isaev

    35




    Karimov

    20

    Aliev

    49




    Azizov

    51

    Mijoz 1 V Mijoz 2

    Familiyasi

    YOshi

    Birlashtirish operatori



    Karimov

    20

    Odilov

    23

    Isaev

    35

    Aliev

    49

    Ergashev

    19

    Ilxomov

    30

    Azizov

    51

    2.) Mijoz 1 ^ Mijoz 2





    Familiyasi

    YOshi

    Kesishuv operatori

    Karimov

    20

    1. Mijoz/mijoz 2

    Familiyasi

    YOshi

    Ayirma operatori



    Odilov

    23

    Isaev

    35

    Aliev

    49

    1. Dekart ko`paytmada munosabat operatorlari xar-xil sxemada bo`lishi mumkin.

    Familiyasi




    Fan

    Sana

    Alimov




    Matem

    09.01.2009

    Ashurov




    Tarix

    14.01.2009

    Oripov










    Matematik munosabatlar darajasi operant munosabat darajalarining yig‘indisiga teng. Kuvvati esa operant kuvvatlarini ko‘paytmasiga teng. Kuyidagni jadvalda ularning dekart kupaytmasi keltirilgan.
    Kaydnoma

    Familiya

    Fan

    Sana

    Alimov

    Matem

    02.01.09

    Alimov

    Tarix

    14.01.09

    Ashurov

    Matem

    09.01.09

    Ashurov

    Tarix

    14.01.09

    Oripov

    Matem

    09.01.09

    Oripov

    Tarix

    14.01.09

    Celeksiya (tanlash) amali 1 ta munosabat ustida bajariladi. Natija munosabatda biror shart buyicha tanlab olingan kartejlar katnashadi.
    Kushish amali 2 ta operant ustida bajariladi. Xar bir munosabata kaysi atribut buyicha kushish bajarilayotgan bulsa, u ajratiladi.
    Natija munosabat 1 va 2-munosabatni barcha atributlarini uz ichiga oladi.
    Misol:
    Gurux Talaba

    Mutaxassislik

    Talaba kodi




    Talab kodi

    Familiya

    Kurs

    Matematika

    1




    1

    Dibrov

    1

    Fizika

    4




    2

    Sattorov

    1

    Ximiya

    5




    3

    Pulatov

    2










    4




    1










    5

    Ashurov

    3



















    Sardor

    Mutaxassislik

    Talaba kodi

    Familiya

    Kurs

    Matem

    1

    Diyorov

    1

    Fizika

    4




    1

    Ximiya

    5

    Ashurov

    3

    Normalashtirish
    Har bir munosabatda kortejlar identifikator kalitiga ega bo‘lishi kerak. Kalit quyidagi ikkita xossaga ega bo‘lishi kerak:

    1. Kartej kalit qiymati bilan bir qiymatli ifodalanishi kerak;

    2. Kalitda ortiqchalik bo‘lmasligi kerak. Bu degani hech qanday atributni kalitdan olib tashlash mumkin emas.

    Relyatsion MB da informatsiyalarni ortiqchaligini normallashtirish yo‘li bilan kamaytiriladi. Jadvallar ustida har xil amallar bajarish mumkin. Bu amallarni tartiblab ishlab chiqqan odam Kodd. Amallarga quyidagilar kiradi:

      • To‘plamlar ustida birlashtirish, kesishuv, ayirma, dekart ko‘paytma va bo‘lish amallari kiradi.

      • Maxsus relyatsion amallar, ularga: proeksiya, birlashtirish, ajratish (tanlab olish) amallari kiradi.

    Munosabatlar ustida amalni bajarish uchun ishlatiladigan tillarni ikki sinfga ajratishimiz mumkin:

    1. Relyatsion algebra tillari;

    2. Relyatsion hisoblash tillari.

    Munosabatlar o‘z mazmuniga qarab ikki sinfga ajratiladi:

    1. Ob’ektli munosabatlar;

    2. Bog‘lanuvchi munosabatlar;

    Ob’ektli munosabatlarda ob’ektlar haqidagi munosabatlar saqlanadi. Masalan, talaba munosabati. Bog‘lanish munosabatlarida asosan, ob’ektli munosabatlarning kalitlari saqlanadi. Kalit atributlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Agar kalit ikkita va undan ortiq atributdan tashkil topgan bo‘lsa, murakkab hisoblanadi.

    Familiya

    Kurs

    Mutaxasislik

    Sobirov

    2

    Matematika

    Aliev

    4

    Fizika

    Xabirov

    3

    Ximiya



    Talaba

    Fan

    Sobirov

    Algebra

    Aliev

    Tarix

    Aliev

    Algebra

    Xabirov

    Programmairovaniya




    Nomi

    Semestr

    Algebra

    4

    Tarix

    2

    Programm.

    1

    Relyatsion algebra va uning amallari.


    Relyatsion MBBT da ma’lumotlar bilan ishlash uchun bir qancha tillar yaratilgan. Ba’zi hollarda bu tillarni ma’lumotlarni qism tillari deb ataladi. MB bilan ishlovchilar bu tillarda avtomatlashtirishni 3 bosqichga bo‘lishadi:



    1. Eng pastki bosqich – kortej deb ataladi. Bunda dasturchi yozuvlar yoki kartijlar bilan ishlaydi.

    2. Relyatsion algebra deyiladi. Bunda foydalanuvchi munosabatlar ustida yuqori bosqichli amallar to‘plamini kiritadi.

    3. Eng yuqori bosqich – hisoblash bosqichi. Bunda foydalanuvchi bevosita kompyuterga maxsus tillarda murojaat qiladi va mashina bu murojaatni qabul qiladi.

    Relyatsion algebra amallarini opperandlari sifatida doimiy yoki o‘zgarmas va o‘zgaruvchan munosabatlar ishlatiladi. Relyatsion algebrada 5ta amal ishlatiladi:

    1. Birlashtirish , R va S munosabatlarni birlashtirish RUS ko‘rinishida berilib, bu amalni natijasi R munosabatga tegishli bo‘lgan yoki S munosabatga tegishli bo‘lgan yoki ikkalasiga ham tegishli bo‘lgan kartejlar to‘plamidir. Bu amallarni bajarayotganda bir xil tartibda bo‘lishi kerak. Natijani tartibi ham operandlar tartibiga teng bo‘ladi.

    2. Ayirma R va S munosabatlarni ayirmasi R-S ko‘rinishida yoziladi va undagi kortejlar to‘plami R munosabatga tegishli, lekin S munosabatga tegishli bo‘lmagan kortejlardir. Bu amalni bajarganda ham operandlarni tartibi bir xil bulishi kerak.

    3. Dekart ko‘paytma. Bizda R va S munosabat berilgan bo‘lsin. R munosabatni tartibi R-R va S munosabatniki S-q ga teng bo‘lsin. Unda dekart ko‘paytma R*S ko‘rinishida yozilib, uning natijasi uzunligi R+q ga teng bo‘lgan kortejlar to‘plamidan iborat bo‘lib, bu kortejlarni birinchi R komponentasi R kortejga teng bo‘ladi, qolgan q komponentasi S kortejga teng bo‘ladi.

    4. Proeksiya, R munosabatga bu amal tadbiq etilganda, R munosabatdan ba’zi bir komponentalar olib tashlanadi. Qolganlari esa qaytadan tartiblanadi.

    5. Seleksiya tanlash. Bu amal bajarilganda operandlar sifatida munosabat atributlari ishtirok etadi va solishtirish arifmetik amallari: =, ≠, ≤, ≥, <, > va mantiqiy amallar: va (U), yoki (V), not amallari ishlatiladi.

    Relyatsion MBBT da ma’lumotlar bilan ishlashda ishlatiladigan 2ta katta gurux tillari relyatsion hisoblash deyiladi. Relyatsion hisoblash predikatlarni hisoblashga asoslangan bo‘lib ifodalarni yozishga mo‘ljallangan qiodalar to‘plamidan iboratdir. Ular yordamida biz mavjud munosabatlardan yangi munosabatlar yaratishni ta’minlaymiz. Bunday ifodaalrni yozishda solishtirish amallari, mantiqiy amallar va mavjudlik kvanteri va umumiylik kvanteri ishlatiladi.
    Hozirgi paytda relyatsion MBBT ni taraqqiyotida yangitil QBE tili ishlamoqda. Bu tilda relyatsion algebra va relyatsion hisoblashlarda ko‘zda tutilmagan bir qpncha imkoniyatlar kirgan. Bu tilni hususiyati shundan iboratki, u terminallarda ishlashga muljallangan. So‘rovlarni yaratish uchun maxsus ekran redaktoridan , munosabat va redaktorlaridan foydalanamiz. QBE tilida foydalanuvchi o‘zi olishini mo‘ljallagan natijani so‘rov ko‘rinishida tasvirlaydi va MBBT uni kerakli amallar ketma – ketligiga aylantirib beradi.
    Ma’lumot modelini rivojlanish konsepsiyasi 5 ta bosqichni ko‘rsatishi mumkin:

    1. 60- yillarning 2 – yarmida, bunda asosan ierarxik modellarga e’tibor berilgan;

    2. 70- yillarni 1 – yarmi, tarmoqli modellar;

    3. 70- yillarning 2 – yarmi, relyatsion modellar;

    4. 80- yillarning 1 – yarmi, semantik modellar;

    5. 80- yillarning 2 – yarmi, ob’ektga mo‘ljallangan sistema.


    Download 319,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 319,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar bazasi” fani bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua

    Download 319,43 Kb.