|
Ma’lumotlar bazasi” fani bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 3/11 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 319,43 Kb. | | #237837 |
Bog'liq УМК Маълумотлар БазасиTarmoqli ma’lumotlar modeli.Agar munosabatdagi joriy element bir necha berilgan elementga ega bo`lsa, bunday bog`lanishlarni ierarxik strukturalar bilan tavsiflab bo`lmaydi.
Bunday tuzilmalar tarmoqli graflar bilan tavsiflanadi. Tarmoqli strukturalarida element ixtiyoriy boshqa element bilan bog`lanishi mumkin. Ya’ni, tarmoqli bir necha kichkina ob’ektlardan topgan yirik ob’ekt deb qarash mumkin.
Ushbu chizmada bog`lanishlarni tarmoqli modelda tasvirlanishi keltirilgan. Shunday qilib, tarmoqli model ma’lumotlar elementlari orasidagi xilma-xil bog`lanishlarni ixtiyoriy ko`rinishdagi grafik yordamida akslantiradi. Tarmoqli model yozuvlar to`plami va mos bog`lanishlar to`plamidan tashkil topadi. Bog`lanishlarni yaratish uchun alohida cheklanishlar qo`yilmaydi. Misol: oddiy tarmoqli MB sxemasi sifatida quyidagini keltirish mumkin.
Bo`limda ishlaydi
Bo`lim
Xizmatchi
Boshliq
Boshliqqa ega
Tarmoqli MB turida ma’lumotlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin.
MB yozuvlarini qidirish
Yangi yozuvni yaratish
Joriy yozuvni olib tashlash
Joriy yozuvni tiklash
Yozuvni bog`lanishga qo`shish
Yozuvni bog`lanishdan olib tashlash
Boglanishlarni o`zgartirish
Misol:
Tovar partiyasi
Sotib olishga buyurtma
Baholash
Mahsulot
Ta`minlovchi
Yuqoridagi sanab o`tilgan MM dan tashkari hozirgi kunda quyidagi MM lar ham amaliyotga kirib kelmokda.
Ko`p o`lchamli MM lar
Ob’ektga yo`naltirilgan MM lar
Shuningdek boshqa MM larga asoslangan har xil tizimlar ham ishlab chiqilmoqda. Bular qatorida quyidagilarni sanash mumkin.
Ob’ekt- relyatsion
Semantik
Yo‘naltirilgan
Konseptual va boshqalar
Ulardan ba’zilari MB bilimlari bazasi va dasturlash tillarini integratsiyalashga (birlashtirishga) xizmat q iladi.
Hozirgi kunda axborot tizimlarini loyihalash xilma–xil usullari mavjud. Umuman olganda, axborot tizimlarini dastuuriy ta’minotini yaratish iterativ xarakterga ega. Axborot tizimlarini loyihalashni asosiy bosqichlari va ular orasidagi bog‘lanish quyidagi chizmada keltirilgan:
ILM
DLM
Talabalar tahlili
MFM
AT versiyalari
PS – predmet soha;
ILM – infologik model;
DLM – datalogik model;
MFM – ma’lumotlarni fizik modeli;
AT – axborot tizimi;
AT loyihalashni 1 – bosqichida predmet sohasida mantiqiy informatsion tuzilmasini quramiz. U PS ni va faydalanuvchini talablarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bunda biz aniq MBBT ga bog‘lanmagan ravishda bu ishlarni bajaramiz, ya’ni PS ni informatsion-logik tavsifi bajariladi. Bu bosqich infologik model qurish bosqichi deb ataladi. MBBT vositasi yordamida ma’lumotlarni mantiqiy bog‘lanishlarini tashkil qilish ma’lumotlar bazasini DLM ini bildiradi.bu model yordamida ma’lumotlar elementlari orasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni aks ettiradi. DLM ni ma’lumotlarni saqlash muhiti bilan bog‘laydigan bosqich ma’lumotlarni fizik modeli deyiladi.
Hozirgi kunda PS ni tavsiflash uchun ko‘p usullar mavjud. SHulardan biri ob’ekt-aloqa usulidir. Bu usulni ba’zan Ulman – CHen usuli ham deyiladi. PS ni mohiyat aloqa usulida tavsiflaganda quyidagi bosqichlarda i sholib boriladi:
PS ni ob’ektlari aniqlanadi.
Ob’ekt sohalari (atributlari) belgilanadi va uning kalit parametri aniqlanadi. Kalit parametri ob’ektni identifikatsiyalaydi.
Ob’ektlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi va ular sinflarga ajratiladi.
Maxsus belgilar kiritilib, ob’ekt aloqa diagrammasi o‘rnatiladi. Bu diagramma PS ning infologik modeli grafik tasviri hisoblanadi.
Ulman – CHen diagrammasi
|
| |