|
MAC manzillari haqida yana bir muhim fakt
|
bet | 4/8 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #263380 |
Bog'liq Osi ma\'lumotnoma modeliMAC manzillari haqida yana bir muhim fakt:Noutbuk yoki smartfon zavodda yig’ilayotgan vaqtda unga ma’lum bir MAC manzili beriladi, va berilgan ushbu mac manzilni keyin o’zgartirib bo’lmaydi.Shaxsiy kompyuterlarining MAC manzili tarmoq kartasiga(network card) biriktirilgan bo’ladi shuning uchun uni faqat kartaning o’zini almashtirish orqali o’zgartirish mumkin.
Macbook yoki Linux kompyuteringizning MAC manzilini bilish uchun terminalda ifconfig buyrug’idan foydalanishingiz mumkin. Windows-da esa qora oynaga ipconfig buyrug’ini kiritishingiz kerak.
Ushbu qatlam ikkita pastki kichik qismlarga bo’linadi bo’linadi:
1.Mantiqiy kanalni boshqarish darajasi-LLC (logical link control);
2.Fizik aloqani boshqarish darajasi yani biz bilgan MAC manzil (media access control).
Birinchi kichik qism yuqori yani OSI modelining 3-qatlami Tarmoq qatlami bilan aloqa o’rnatish uchun ikkichi kichik qism esa – Fizik qatlam ya’ni OSI modelining 1-qatlami bilan bog’lanish uchun kerak.
Ulanish qatlami qo’rilmalariga kommutatorlar va mostlar kiradi.Ular freymlarni kerakli manzilga yetkazish uchun kerak.Ulanish qatlami protokollari – PPP va CDP
OSI modelining 3-qatlami — Tarmoq qatlami (Network Layer)
Ushbu qatlam tarmoq ichida kompyuterlar o’rtasidagi ma’lumotlarni yo’naltirish(routing) uchun javobgardir.Bu qatlamda “routerlar” va “IP manzillar” kabi atamalar paydo bo’ladi.
Routing. Odatda router Wi-Fi routerlar hisoblanadi
Routerlar turli tarmoqlarga bir-biri bilan aloqa qilish imkonini beradi:ular bir qurilmadan boshqasiga bog’lanish uchun MAC manzillaridan foydalanadilar.
Tarmoq qatlamida ma’lumotlar paketlar deb ataladi.Bunday paketlar Ulanish qatlamidagi(OSI model 2-Layer) freymlarga o’xshaydi, lekin qabul qiluvchi va jo’natuvchining boshqa manzillaridan ya’ni IP-manzillaridan foydalanadi.
Ikkala qurilmaning (jo’natuvchi va qabul qiluvchining) IP-manzilini olish uchun ARP (address resolution protocol)protokoli mavjud.U MAC-ni IP-manzilga va aksincha o’zgartirishi mumkin.
Paketlar shunday ko’rinishga ega
|
| |