|
OSI modelining 1-qatlami –Fizik qatlam (Physical Layer)
|
bet | 3/8 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #263380 |
Bog'liq Osi ma\'lumotnoma modeliOSI modelining 1-qatlami –Fizik qatlam (Physical Layer)
Birinchi qatlam elektr impulslari yoki radioto’lqinlar ko’rinishidagi jismoniy signallarni almashish uchun javobgardir.Ushbu bosqichda ma’lumotlar bitlarga kodlanadi va simlar yoki radio signallari orqali uzatiladi.
Ma’lumotlar qurilmalar o’rtasida signallar ko’rinishida uzatiladi.
Fizik qatlamdagi eng mashhur protokol bu Ethernet hisoblanadi.Turli xil kompyuterlar bir xil tarmoqqa ulanganda, ular ko’pincha Ethernet protokoli bilan boshqariladi. Bu turli xil qurilmalar o’rtasida ma’lumot almashish imkonini beruvchi qoidalar to’plamidir.Unga qo’shimcha ravishda Bluetooth, Wi-Fi shunga uxshash qurilmalar o’rtasida ma’lumot almashish imkonini beruvchi protokollar mavjud.
Hulosa qilib aytganda fizik qatlamda ma’lumotlar olinadi va sim(kabel) bo’ylab uzatiladi.
OSI modelining 2-qatlami — Ulanish qatlami (Data Link Layer)
Fizik qatlamning tepasida ulanish qatlami(Data link Layer) joylashgan.Bu qatlamning vazifasi olingan ma’lumotlarning yaxlitligini tekshirish va xatolarni tuzatishdir.Bu qatlam oldingisiga(Fizik qatlamga) qaraganda “aqlliroq”:u turli xil kuchlanish amplitudalari turli bitlarga – nol va birlarga mos kelishini tushunadi.Ulanish qatlami signallarni bitlarga kodlashi va ularni keyingi bosqichga uzatadi.
Pastki qatlamdan olingan ma’lumotlar freymlarga yoki qismlarga bo’linadi.Har bir freym quyidagi ma’lumotlaridan iborat bo’ladi — jo’natuvchining manzili va qabul qiluvchining manzili va shuningdek junatilayotgan ma’lumotlarning o’zidan.
Freym strukturasi
Buni xuddi pochta konvertiga o’xshatish mumkin.Old tomonida xat kimdan kelganligi ko’rsatilgan, ichkarida esa xatning o’zi (bizning vaziyatimizda, ma’lumotlar) mavjud.Konvertning old tomoni-bu bizga ma’lumot yuborgan qurilmaning MAC manzili.Mac manzil tarmoqdagi qurilmalarni aniqlash uchun kerak bo’ladi, 48 yoki 64 bitdan iborat va ko’rinishi quyidagicha:
O’n oltilik sanoq tizimida MAC manzilini yozilishi
|
| |