|
Osi modelining paydo boʻlish tarixi osi modeli nima?
|
bet | 2/8 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #263380 |
Bog'liq Osi ma\'lumotnoma modeliOSI modeli nima?
OSI Modeli (Open System Interconnection) – kompyuter tizimlarining lokal va global tarmoqdagi bir-biri bilan oʻzaro taʼsirlashish funksiyalarini tavsiflovchi va standartlashtiruvchi konseptual modeldir.Ushbu model 1984 yilda Internet orqali ma’lumotlarni uzatishning yagona standarti ustida ishlagan xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) muhandislari tomonidan taklif qilingan.
Lekin xozirgi kunda TCP/IP modeli amalda ko’proq qo’llaniladi shunga qaramasdan OSI modeli ta’lim maqsadlarida ya’ni tarmoq tamoyillarini har tomonlama tavsiflash qanday ishlashini tushuntirish uchun mashhur tarmoq modeli bo’lib qolmoqda.OSI modelini o’rganish tarmoqda sodir bo’layotgan jarayonlarni tushunishga imkon beradi.
OSI modeli bir-biriga bog’liq va bir-birini to’ldiradigan 7 ta qatlamdan iboratdir. Har bir qatlam, tarmoq kommunikatsiyasining maqsad va vazifalarini bajarish uchun kerakli protokollarni amalga oshiradi.
Quyidagi 7 ta qatlamdan iborat:
1.Fizik qatlam (Physical Layer)
2.Ulanish qatlami (Data Link Layer)
3.Tarmoq qatlami (Network Layer)
4.Transport qatlami (Transport Layer)
5.Sessiya qatlami (Session Layer)
6.Taqdimot qatlami (Presentation Layer)
7.Ilova qatlami (Application Layer)
Qatlamlar boshqa qatlamlar qanday tuzilganligi haqida hech narsa bilmaydi. Bu abstraktsiya deb ataladi.
OSI modeli va uning qatlamlari.
Eng pastki qatlam ma’lumotlarning jismoniy ko’rinishi, ya’ni ma’lumotlarning simlar yoki radio to’lqinlar orqali uzatilishi uchun javobgardir va eng yuqori qatlam ilovalarning tarmoq bilan o’zaro ta’siri uchun javobgardir va eng yuqori qatlam esa dasturlarning tarmoq bilan o’zaro ta’siri uchun javobgardir.
Pastki qatlam “kabel turi” yoki “konnektor turi” kabi tushunchalar bilan, yuqori qatlam esa HTTP yoki API kabi tushunchalar bilan ishlaydi.
Har bir qatlamni batafsil ko’rib chiqamiz.
|
| |