• III. Xulosa 2 I. Kirish
  • Avtomobil yo‘llari haqida umumiy tushunchalar Reja: I. Kirish II. Asosiy qism




    Download 331,82 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana28.01.2024
    Hajmi331,82 Kb.
    #147690
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Avtomobil yo‘llari haqida umumiy tushunchalar




    Avtomobil yo‘llari haqida umumiy tushunchalar 
    Reja: 
    I. 
    Kirish 
    II. Asosiy qism 
    1. 
    Avtomobil yo‘llari haqida umumiy tushunchalar. 
    2. 
    Avtomobil yo‘llarini qidiruv ishlari tarkibi va turlari. 
    3. 
    Qidiruv ishlarining natijalari va ularning axamiyati. 
    III. Xulosa 



    I. 
    Kirish 
    Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy 
    avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining 
    raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda 
    va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi. 
    Ayni vaqtda, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo 
    taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va 
    Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan 
    birgalikda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 
    Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki 
    mablag‘larini jalb qilgan holda ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq tezyurar pulli 
    avtomobil yo‘llari qurish bo‘yicha loyihalarni tayyorlashga kirishildi. 
    Shu bilan birga, respublikada yo‘l qurilish ishlari sifatini oshirish va 
    tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar va 
    kamchiliklar mavjud. 
    Jumladan, yo‘l tarmog‘iga investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy 
    sheriklik shartlari asosida jalb qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning 
    yo‘qligi xarajatlarning asosiy moliyaviy yukini Davlat budjetiga yuklagan holda 
    ishlarni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan foydalanish imkonini 
    bermayapti. 
    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi 
    Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan nazorat va xo‘jalik funksiyalarining
    shu jumladan buyurtmachi va pudratchi vakolatlarining birga olib borilishi 
    boshqaruvning samarali tizimini yaratish va yo‘l-qurilish ishlari bozorida sog‘lom 
    raqobat muhitini shakllantirish imkonini bermayapti. 
    Bugungi kunda avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya 
    qilish ishlarida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi 
    tarkibidagi "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va 
    rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK buyurtmachi hisoblanadi. Ushbu ishlarni 
    esa qo‘mita tarkibidagi boshqa korxonalar pudrat asosida bajarishadi. Bajarilgan 



    ishlarni qabul qilish ham shu direksiya zimmasida. Ishlatilgan materiallar va 
    bajarilgan ishlarning sifati esa Transport vazirligi huzuridagi yo‘l-qurilish ishlari 
    sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l ishlari 
    bo‘yicha “Buyurtmachi”, “Pudratchi” va “Sifat inspeksiyasi” bitta vazirlik 
    tasarrufidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. 

    Download 331,82 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 331,82 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo‘llari haqida umumiy tushunchalar Reja: I. Kirish II. Asosiy qism

    Download 331,82 Kb.
    Pdf ko'rish