III. Xulosa
Avtomobil yoʻli – avtomobil transporti qatnoviga moʻljallangan
muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli
ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat
(respublika) va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarga boʻlinadi.
Xalqaro
Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bogʻlovchi
va katta
iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yoʻllarga yirik
sanoat markazlari, muhim temir yoʻl
stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan
bogʻlovchi yoʻllar, mahalliy yoʻllarga esa viloyat, qishloq, jamoa xoʻjaliklari yoʻllari
kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil
topadi: yer poyi koʻtarmasi; yoʻl toʻshamasi;
qatnov qismi; yoʻl cheti; sun’iy va
chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq koʻtarmasi,
asos va qoplamalardan iborat. Asos (oʻrta qatlam) qum, shagʻal, tosh, shlak va
shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi
qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shagʻal sochilgan past navli
qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shagʻal yoki may-dalangan tosh yotqizilgan
qoplamalar; v) maydalangan tosh va shagʻalga qoramoy
aralashtirilgan yengil
qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yoʻllarning
ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator boʻlib yurishiga imkon beradi.
Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yoʻllarning eni 2 – 2,5 m boʻladi.
Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yoʻlning oʻrtasi ma’lum kenglikda
koʻkalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar,
koʻpriklar,
tayanch devorlar, himoya yoʻlaklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida
suv oʻtkazuvchi va drenaj qurilmalari boʻladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash
uchun yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, himoya vositalari
va transport oqimini
boshqarish qurilmalari oʻrnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati
koʻrsatuvchi stansiyalar, yonilgʻi stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon
standartlari boʻyicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmogʻidagi
ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga koʻra besh toifaga boʻlinadi. Eng yuqori
(I) toifadagi avtomobil yoʻlida har ikkala yoʻnalishda oʻrtacha
sutkalik harakat
jadalligi 7000 dan koʻproq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga,
eng past