9
zamonaviy ilg‘or usullarini ko‘zda tutishi kerak. Yo‘lning ishlashi ko‘p jihatdan
uning joydagi vaziyati bilan belgilanadi. Barcha loyiha yechimlari mahalliy xalq
xo‘jalik va tabiiy sharoitlarni batafsil va chuqur o‘rganishga asoslangan bo‘lishi
kerak. Uzoq vaqtlargacha buning uchun asosiy yo‘l
loyihalash tashkilotlari
xodimlarining barcha zarur suratga olishlar - qidiruvlarni amalga oshirish uchun
joylarga chiqib ketishlari edi. Hozirgi aerofotosuratga olish texnikasining
rivojlanishi oldinlari bajarilgan ishlarning katta qismini
kameral sharoitlarga
o‘tkazishga imkon beradi. Bunda borish qiyin bo‘lgan tog‘li yoki o‘rmon bosgan
rayonlar uchun trassani (yo‘lning o‘q chizigini) eng yaxshi o‘tkazishni ishonchli
tanlash ta’minlanadi va muhandislik - geologik ishlar hajmi kamayadi. Biroq
aerofotosuratlarni deshifrovka qilish (ma’nosini ochib berish)
usullarining tabora
rivojlanib borishiga qaramasdan, loyihalash uchun zarur bo‘lgan ko‘pgina
ma’lumotlarni yerda olib boriladigan geodezik ishlar natijasida olish mumkin,
shuning uchun bular loyiha tuzishdagi majburiy elementlar bo‘lib qolmoqda. Yerda
olib boriladigan
geodezik suratga olishlar, shuningdek qurilish ishlari
boshlanishidan oldin trassani joyda tiklash uchun zarur. Avtomobil yo‘llarini
loyihalash bitta yoki ikkita bosqichda amalga oshiriladi. Bitta bosqichda (qidiruvlar
asosida tuziladigan ish loyihasi qiymatni yig‘ma smetali hisoblanishi bilan) qulay,
yaxshi o‘rganilgan tabiiy sharoitlarda oddiy, texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlar va yo‘llarni loyihalash amalga
oshiriladi. Bunda namunaviy hamda foydalanish sharoitida o‘zini
oqlagan takror
qo‘llanadigan alohida (individual) loyihalardan keng foydalaniladi. Ikki bosqichda
(qurilishdan oldin o‘tkazilgan uzil -kesil muhandislik qidiruvlari asosida tuziladigan
loyiha yig‘ma smetali hisoblash va ish xujjatlari smetalari bilan) davlat ahamiyatiga
ega bo‘lgan katga yo‘llar, shuningdeq alohida hisobga olishni talab etadigan
murakkab tabiiy xususiyatli mintaqalardagi yo‘llar loyihalanadi. Qidiruvlar
o‘tkazish va avtomobil yo‘llari loyihalarini ishlab chiqish topshirig‘i
loyihalash
tashkilotlari tomonidan reja organlari ishlab chiqadigan mamlakatning iqtisodiy
mintaqalarida xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining rivojlanish va joylashtirilish
sxemalari asosida beriladi. Bu sxemalarni batafsillashtirish 15...20
yilgacha