• Alohidayordamga muhtoj anomal bolalar toifalari
  • Ma’ruza N® 4 Mavzu




    Download 2.59 Mb.
    bet1/5
    Sana22.09.2023
    Hajmi2.59 Mb.
    #83503
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ppt-4-maruza
    1 amaliy, Dasturlash asoslari, MUSIQA MADANIYATI, I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni-fayllar.org, basic-ielts-listening, 3-mavzu elektr zaryadi va elektrostatik maydon. Elektrostatik m
    • Reja:
    • 1. Yosh go'daklar rivojlanishining xususiyatlari
    • 2. Aloxida yordamga muxtoj, anomal bolalar.
    • 3. Anomal bolalarning toifalarilari
    • 4. Anomal bolalarga yordamni tashkil etish
    • 5. Anomaliyalarning kelib chiqish sabablari
    • S Anomal -- yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomal so‘zidan olingan S Abilitatsiya- moslashtirish
    • S Reabilitatsiya- (lot.qayta tiklash) kasal yoki rivojlanishlarida muammolari bo’lgan shaxslar organizmi buzilgan funksiyalarining va mehnatga bo’lgan layoqatlarining tiklanishi yoki kompensatsiyalanishi. Reabilitatsiya tibbiy, psixologik, pedagogic, ijtimoiy tadbirlar majmuasi asosida ta’minlanadi hamda shaxsning ruhiy va jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy sharoitga moshlashuvi, ijtimoiy hayot va mehnatga layoqatini nazarda tutadi.
    • Bolaning xoh ona qomida, xoh tug'ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo'lgan ma'lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya'ni jismoniy yoki psixik nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
    • Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko'radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og‘riq, issiq, hid va ta’mni his etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya’ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi.
    • Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko'rish va ko'zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni
    • tashqi belgilariga qarab ajratish, ko'zi ko'rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi.
    • Bola turli taassurotlar olib turishi-buyumlarni ko'rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak. Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning o'z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
    • Bola nutqining o'z vaqtida va to'g‘ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruhiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta’sir ko'rsatadi. Bolalar nutqi rivojlanishga boshlashi bilan kattalar so'zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. Bola
    • shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko'rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga oz munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati — bularning hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
    • Defektologiya fanida maxsus yordamga muxtoj - anomal bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir:
    • 1) eshitish kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar (tug‘ilishdan kar, zaif eshituvchi bolalar'', keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar);
    • 2) ko'rish qobiliyati zaif (ko'r, zaif ko'ruvchi bolalar);
    • 3) oligofren (debil, imbetsil, idiot bolalar);
    • 4) og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
    • 5) harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo'lgan bolalar;
    • 6) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.
    • 7) kompleks nuqsonli ko'r-kar-soqov bolalar;
    • Anomal bolalar sog'lom tengdoshlari orasida inklyuziv ta’limda yoki maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o'qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni
      Download 2.59 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 2.59 Mb.