• Tayanch Iboralar
  • “elektr suyuqligi”
  • 3-mavzu: elektr zaryadi va elektrostatik maydon. Elektrostatik maydondagi dielektriklar va o’tkazgichlar. O’zgarmas elektr toki,turli muhitlarda elektr toki. Toklarning bo’shliqdagi magnit maydoni. Bio-savar-laplas qonuni, amper qonuni




    Download 400.7 Kb.
    bet1/6
    Sana09.03.2024
    Hajmi400.7 Kb.
    #169038
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-mavzu elektr zaryadi va elektrostatik maydon. Elektrostatik m
    1 amaliy, Dasturlash asoslari, MUSIQA MADANIYATI, ppt-4-maruza, I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni-fayllar.org, basic-ielts-listening

    3-MAVZU: ELEKTR ZARYADI VA ELEKTROSTATIK MAYDON. ELEKTROSTATIK MAYDONDAGI DIELEKTRIKLAR VA O’TKAZGICHLAR. O’ZGARMAS ELEKTR TOKI,TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI. TOKLARNING BO’SHLIQDAGI MAGNIT MAYDONI. BIO-SAVAR-LAPLAS QONUNI, AMPER QONUNI. MAGNIT MAYDONIDA HARAKATLANAYOTGAN ZARYADGA TA’SIR ETUVCHI KUCH. MAGNIT OQIMI. ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA HODISASI. O’ZGARUVCHAN TOK


    REJA:

    1. Elektr zaryadi va elektrostatik maydon. Elektrostatik maydondagi dielektriklar va o’tkazgichlar.

    2. O’zgarmas elektr toki, turli muhitlarda elektr toki. Toklarning bo’shliqdagi magnit maydoni. Bio-Savar-Laplas qonuni, Amper qonuni..

    3. Magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadga ta’sir etuvchi kuch.

    4. Magnit oqimi. Elektromagnit induksiya hodisasi.

    5. O’zgaruvchan tok



    Tayanch Iboralar: elektrlanish; elektr suyuqligi; Rezerford; dielektriklar; izolyatorlar; elektr maydoni;

    1. Jismlarning elektrlanishi. Elektr zaryadlari.

    Eramizgacha bo’lgan VII – asrdayoq qadimgi yunon olimi Fales ipakka ishqalangan qahraboning o’ziga yengil buyumlarni tortishini aniqladi. Keyinchalik, XVI-asr oxirida angliyalik olim Gilbert bir qator tajribalar o’tkazib, bu hodisani o’rgandi. U faqat ipakka ishqalangan qahraboda emas, balki mo’yna, movut singari yumshoq materiallarga ishqalangan chinni, shisha kabi moddalarda ham tortish xususiyati paydo bo’lishini aniqlandi. Keyinchalik bu hodisaga elektrlanish deb nom berildi. Tabiatda ikki xil elektrlanish mavjud: musbat va manfiy. Tajribalar bir xil ishorali zaryadlangan jismlar bir – birini itarishini, har xil ishorali zaryadlangan jismlar esa bir – birini tortishini ko’rsatdi.


    Elektrlanish hodisasining mohiyatini olimlar turli davrlarda turlicha tushuntirib keldilar. Bunda elektrlanishni bir jismdan ikkinchi jismga o’tib turadigan “elektr suyuqligi” hosil qiladi, degan tushuncha paydo bo’ldi. Lekin bu tajribada isbotlanmadi. Faqat 1881 yilda nemis olimi Gelmgols elektrlanishni, umuman elektr hodisalarini zaryadlangan elementar zarrachalar hosil qiladi, degan gipotezani aytdi. 1897 yilda ingliz olimiTomson tomonidan elektronning, 1919 yilda ingliz olimi Rezerford tomonidan protonning kashf etilishi Gelmgols gipotezasini isbotladi.
    Elektronning massasi , zaryadi ga teng. Protonning zaryadi musbat bo’lib, son jihatdan elektronning zaryadiga teng. Protonning massasi
    Zaryadlangan barcha jismlarning zaryadlari elementar e zaryadga karrali:


    (1)

    Zaryadlanmagan, ya’ni neytral jismlarda manfiy va musbat zaryadlar o’zaro teng. Zaryadlangan jismlarda esa ularning soni turlicha.


    Elektr zaryadlari erkin harakat qila oladigan jismlarga o’tkazgichlar deyiladi. O’tkazgichlar ikki xil bo’ladi. Barcha metallar birinchi tur o’tkazgichga kiradi. Ularda elektr tokini erkin elektronlarning tartibli harakati hosil qiladi. Ulardan elektr toki o’tganida hech qanday ximiyaviy o’zgarishlar sodir bo’lmaydi. Ikkinchi tur o’tkazgichlarga elektrolitlar kiradi. Ularda zaryad tashuvchilar musbat va manfiy ionlardir. Elektrolitdan tok o’tganida ximiyaviy o’zgarishlar sodir bo’ladi.
    Zaryadlarning harakati cheklangan, ya’ni o’zidan elektr tokini o’tkazmaydigan moddalarga dielektriklar yoki izolyatorlar deyiladi. (masalan: chinni, shisha, rezina).



    Download 400.7 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 400.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu: elektr zaryadi va elektrostatik maydon. Elektrostatik maydondagi dielektriklar va o’tkazgichlar. O’zgarmas elektr toki,turli muhitlarda elektr toki. Toklarning bo’shliqdagi magnit maydoni. Bio-savar-laplas qonuni, amper qonuni

    Download 400.7 Kb.