Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/45
Sana25.06.2024
Hajmi4,14 Mb.
#265675
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
195 
Demak, yuqorida biz ISO standartlariga qisqacha toʻxtalib oʻtdik va endi 
esa nima uchun xalqaro standartlashtirish geoaxborot tizimida zarurligini 
tushunib olishimiz kerak bо’ladi.
ISO tashkilotida turli xil qoʻmitalar faoliyat koʻrsatadi vа ular turli 
sohalarga mas’ul hisoblanadi. Bu qoʻmitalarda ishchi guruhlar tashkil etilgan 
boʻlib, ular yangi standartlarni yaratish bilan shugʻullanadi. Shunday 
qoʻmitalardan biri ISO/TC /211/
 
Geographic Information/Geomatics qoʻmitasidir.
ISO/TC/211/Geographic 
Information/Geomatics 
qoʻmitasida 
turli 
standartlar ishlab chiqiladi va asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

raqamli geografik axborot tizimida standartlashtirish;

yer joylashuvi bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq 
standartlashtirishni joriy etish.
Standartlar turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, geografik axborot tizimi 
uslubi, ma’lumotlar bazasi vositalari va xizmatlari (tushuncha va tamoyillarni 
hisobga olganda), ma’lumot yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish, ma’lumot olish 
imkoniyati, tasvirlash va ma’lumotlarni turli foydalanuvchilarga yetkazish 
kabilar.
Axborot texnologiyalaridagi mavjud standartlarni umumlashtirish vа 
ma’lumotlarni iloji boricha ma’lum bir qolipga keltirish orqali maxsus jarayon 
tashkil etiladi.
Hozirgi kunda geoaxborot tizimidagi standartlarni quyidagi xalqaro 
tashkilotlar oʻz ish faoliyatlarida ishlatadilar:

Yerni kuzatuvchi sun’iy yoʻldoshlar boʻyicha qoʻmita (CEOS, Committee оf 
Earth Observation Satellites); 

Raqamli geoaxborot boʻyicha ishchi guruh (DGIWG, Digital Geographic 
Information Working Group); 

ВМТ ning xalqaro oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik tashkiloti (FAO, Food and 
Agriculture Organization of the United Nations); 

Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIS, International Federation of Surveyors);



Download 4,14 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish