1
1-MA’RUZA
MAVZU. TARMOQ XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI.
REJA:
1.Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilishning zaruriyati.
Tarmoq xavfsizligi vazifalari.
Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik tushunchasi.
4. Axborotga ruxsat etilmagan murojaat qilishni usullari
Kalit so‘zlar
:
axborot xavfsizligi, axborot muhofazasi,
axborot resurslari,
axborot-
kommunikatsiya, maxfiy axborot,
xavfsizlikka tahdidlar, telekommunikatsiya, tizim sub’ekti
1.Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilishning zaruriyati.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib
borayotgan hozirgi davrda
har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim
omillardan biri hisoblanadi.
Axborot har qanday jamiyat hayotida
muhim ahamiyat kasb etib, doimiy ravishda o‘sib
bormoqda. Qadim zamonlardan beri davlat uchun muhim harbiy strategik ahamiyatga ega bo‘lgan
ma’lumotlar juda yashirin himoya qilingan. Hozirgi vaqtda mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va
marketingi bilan bogoAliq ma’lumotlar ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan bozorga aylandi.
Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi sanoat josusligi, kompyuter
jinoyatlari va maxfiy
ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish kabi salbiy hodisalar bilan birga keladi. Shuning uchun axborotni
himoya qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat
tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topdi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy xujjatlarida qabul qilindi hamda amalda
tatbiq etib kelinmoqda [1-2].
Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi davlat
siyosati axborot resurslari, axborot
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning
zamonaviy jahon
tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.