Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana25.06.2024
Hajmi4,14 Mb.
#265675
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
186 
maqsadlarda foydalanishdan samarali himoya qilish muammosini hal etish va 
axborotlashtirish sohasini muhofaza qilishni ta’minlash imkonini berdi. 
Qolaversa, qonunchilikdagi mazkur me’yorlar axborot xavfsizligini ta’minlash 
boʻyicha ilgʻor xalqaro standartlar talablariga muvofiq keladi.
Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat 
boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat 
qoʻmitasini tuzish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2012-yil 23-oktabrdagi 
“Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida”gi 
Qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligi 
negizida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat 
qoʻmitasi tashkil etildi.
Oʻz navbatida, axborot xavfsizligini ta’minlash, telekommunikatsiyalar 
tarmoqlari, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy 
texnologiyalarini joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qilish
internet tarmogʻi orqali aholining, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashiga va 
ongiga salbiy ta’sirning oldini olish uchun axborot resurslarini himoya qilish 
boʻyicha texnik infratuzilmalarni yanada rivojlantirish boʻyicha yagona siyosatni 
ishlab chiqish va amalga oshirish qoʻmitaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi. 
Ta’kidlash kerakki, mazkur davlat organining muvaffaqiyatli ravishda faoliyat 
olib borishidan davlat va jamiyat katta naf koʻrishi mumkin.
Shu bilan birga axborot xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy 
asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, 
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 
huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot 
xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari 



Download 4,14 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish