Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
182
6.3.
Oʻzbekistonda geoaxborot tizimiga oid qonunchilik
Oʻzbekistonda geografik axborot tizimini amalga oshirish boʻyicha qonun-
qoidalar aynan geografik axborot tizimi uchun ishlab chiqilmagan boʻlsa-da,
milliy axborot-kommunikatsiya
tizimini shakllantirish, axborot xavfsizligini
ta’minlash, elektron hukumat tizimini yaratish, atrof-muhit toʻgʻrisida
ma’lumotlar
bazasini shakllantirish, koʻchmas mulkni roʻyxatga olish, davlat
kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilingan boʻlib, ushbu qonunlar milliy
geografik axborot tizimini yaratish uchun asos boʻlib xizmat qila oladi. Shuning
uchun ham ushbu bobda yuqorida nomlari keltirilgan me’yoriy
hujjatlar
toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtamiz va oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisida fikr
yuritamiz.
Oʻzbekistonda geografik axborot tizimi quyidagi qonunlar va me’yoriy
hujjatlar bilan uzviy bogʻliqdir:
“Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Qonun (1997).
“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonun (2000).
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun (2003).
“Elektron hujjatlar aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonun (2004) va bir qator
boshqa qonunlar.
AKT va kadastr (jumladan, davlat axborot tizimlarini va elektron
hukumatni yaratish) sohasiga oid qariyb 20 ta hukumat qarorlari.
Koʻp sonli idoraviy-me’yoriy hujjatlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi
142-sonli «2013–2017-yillarda Oʻzbekiston
Respublikasida atrof-muhit
muhofazasi boʻyicha harakatlar Dasturi»ga asosan, 2013–2017- yillar davomida
geografik axborot tizimlarini (GAT texnologiyalarini) qoʻllagan holda atrof tabiiy
muhit holati davlat monitoringining integratsiyalashgan axborot bazasini tashkil
etish rejalashtirilgan. Asosiy kutilayotgan
natijalarga muvofiq, GAT
texnologiyalarini tatbiq etish orqali atrof tabiiy muhit holati davlat
monitoringining axborot bazasini rivojlantirish koʻzda tutilgan. Shu maqsadlar