Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/45
Sana25.06.2024
Hajmi4,14 Mb.
#265675
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
184 
keng qamrovliligi, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga ta’sir koʻrsata olishi, axborot 
sohasida katta oʻzgarishlar boshlab berayotganligi bilan ajralib turadi. 
Mamlakatimiz ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi sifatida mazkur 
jarayonlardan xoli boʻla olmaydi. Shu boisdan ham xalqaro standartlarga mos 
keladigan axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va 
jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, 
kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy 
etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini 
yanada toʻliqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish uchun qulay 
shart-sharoitlarni yaratish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlikni 
ta’minlash, mamlakatimizda taraqqiyotning milliy xususiyatlarini inobatga olgan 
holda bosqichma-bosqich "Elektron hukumat" tizimiga oʻtish jamiyatimiz oldida 
turgan eng dolzarb vazifalardan biridir.
Shu bilan birga “Elektron hukumat” tizimi rivojlanishi sharoitida axborot 
tizimlarining keng masshtabdagi ichki va tashqi xavflardan muhofazasi, 
shuningdek, mazkur tizimlar normal faoliyat yuritishining buzilishi natijasida 
kelib chiqadigan oqibatlar toʻgʻrisida aytib oʻtish zarur. Zero, axborot, axborot 
tizimlari va axborot munosabatlari subyektlari xavfsizligining tashkiliy-huquqiy 
asoslarini yanada takomillashtirish, axborotni muhofaza qilishning zamonaviy 
usul va vositalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga samarali tatbiq etish tobora 
dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan masalalardan hisoblanib, mamlakatimizda 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil rivojlanishiga xizmat qiladi. 
Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda jamiyat va davlat 
boshqaruvini axborotlashtirish, shuningdek, shaxs, jamiyat va davlatning axborot 
xavfsizligini ta’minlashni yanada takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar 
amalga oshirilmoqda. Xususan, mustaqillik yillarida mazkur sohani tartibga 
solishga qaratilgan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida", 
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”, “Aloqa 
toʻgʻrisida”, “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi kabi oʻndan ortiq qonunlar 
qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatlari axborotning muhofaza qilinishini hamda 



Download 4,14 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish