|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
180
Soddalashtirilgan shaklda har qanday mamlakatning ijtimoiy hayotini uch
muhim subyekt (davlat, mamlakat fuqarolari, biznes subyektlari) ning
munosabatlari dinamik tengligi shaklida tasavvur qilish mumkin. Fuqarolar bir
boʻlib fuqarolik jamiyatini ifodalab, biznes subyektlarining jami esa mamlakat
iqtisodiyotini ifodalasa, davlat integratsiyalovchi tizim hisoblanadi. Bunda
davlatning integratsiyalovchi roli uchta nimtizimli munosabatlarda namoyon
boʻladi:
1.
Hukumat muassasalarining oʻzaro va mahalliy davlat boshqaruv organlari
bilan hamkorlik qilishi (G2G).
2.
Hukumat muassasalari bilan mamlakat fuqarolari oʻrtasidagi oʻzaro
aloqa(G2C).
3.
Hukumat muassasalari bilan biznes subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa
(G2B).
Mulkchilik, egalik munosabatlari va hokazolar emas, balki fuqaroviy-
huquqiy, ijtimoiy munosabatlar tegishli oʻzaro hamkorlikning ustuvor mazmunini
tashkil etadi. AKTni joriy etish jarayonida davlat boshqaruvi samaradorligini
oshirish vazifasi quyidagi muammolarni hal etishga yoʻnaltiradi:
umumiy vazifalarni hal etish maqsadida har xil hukumat tuzilmalarining
samaraliroq oʻzaro hamkorligini qay tarzda tashkil etish mumkin (G2G);
fuqarolarning manfaatlarini qanday qilib eng koʻp darajada hisobga olish
va tegishli davlat muassasalarida ularga xizmat koʻrsatish sifatini qanday
oshirish mumkin (G2C);
davlatning biznes subyektlari bilan oʻzaro foydali munosabatlarini qanday
qilib tashkil etish mumkin (G2B).
Davlat integratsiyalovchi funksiyasini bajaradigan jamiyatning har xil
subyektlari (G2G, G2C, G2B) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar sxemasi yirik
biznesda, ayniqsa, zamonaviy gorizontal-integratsiyalashgan korporatsiyada
oʻzaro hamkorlik tashkil etilishi sxemasidan asosiy jihatdan farq qilmaydi. Davlat
boshqaruvida AKT– bu davlat boshqaruv organlarida ichki va tashqi aloqalarning
|
| |