|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 2-mustaqil ish. Fan
|
bet | 1/2 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 19,89 Kb. | | #160803 |
Bog'liq Elektron taʼlim resurslarini yaratish talablari va texnologiyasi-fayllar.org
Elektron taʼlim resurslarini yaratish talablari va texnologiyasi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
2-MUSTAQIL ISH.
Fan :Elektron resurslar yaratish texnologiyasi.
Tayyorladi :Mardiyev B. (401-AKTKT g.)
Tekshirdi : Holiyarova F.
Samarqand-2022
Elektron taʼlim resurslarini yaratish talablari va texnologiyasi
Makolada axborotlashgan jamiyatda taʼlimni axborotlashtirish masalalari, zamonaviy taʼ-lim tizimida AKT va taʼlim resurslarining urni, elektron taʼlim resurslarining mox,iyati, tasnifi, elektron ukuv resurslarining namunaviy tarkibi, ularni yaratishga kuyilgan talab-lar, yaratish tamoyillari va boskichlari yoritilgan.
Tayanch suz va tushunchalar: axborotlashtirish, jamiyat, taʼlim, elektron, masofaviy, resurs; talablar: didaktik, uslubiy, psixologik, texnik, texnologik, sanitar-gigiyenik.
Sozirgi kunda XXI asr tafakkur asri, yalpi axborotlashuv asri, yuksak texnologiyalar zamoni, globallashuv davri deb taʼrif etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganidek, «... biz yasha-yotgan XXI asr - intellektual boylik xukmron-lik qiladigan asrdir. Kimki bu haqiqatni uz vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish xar qaysi millat va davlat uchun kundalik xayot mazmuni-ga aylanmasa - bunday davlat jaxon taraqqiyoti yulidan chetda qolib ketishi muqarrar»1.
XXI asr axborotlashuv asri. Axborotlar inson tafakkuri va fikrlash qobiliyatini qay darajada shakllanishiga taʼsir etuvchi asosiy omildir. Shu sababli zamonaviy sivilizatsiyalashgan jamiyatning xozirgi davrdagi rivoji axborotlashtirish jarayoni bilan tavsiflanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish - global ijtimoiy jarayon va umumjamiyat ishlab chiqarish soxasida yetakchi faoliyat turi bo’lib, zamonaviy mikroprotsessor va kompyuter texnikalari xamda axborot almashinuvida foydalaniladigan boshqa turli xil texnik vo-sitalar yordamida axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va foydalanish jarayonlari majmuidir.
Jamiyatni axbrotlashtirish jarayonining yetakchi yunalishlaridan biri taʼlimni axborotlashtirish xisoblanadi.
Taʼlimni axborotlashtirish - taʼlim soxasini uslubiy-amaliy jixatdan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalari bilan taʼminlash xamda ulardan samarali foydalanish asosida taʼlim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagogik maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan jarayondir.
Taʼlimni axborotlashtirish taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchi faoliyatini intellek-tuallashtirish jarayoni sifatida faqatgina zamonaviy axborot kommunikatsiya texnolo-giyalari asosida rivojlanadi.
1 Karimov I.A. Uzbekiston Konstitutsiyasi - biz uchun demokratik taraqqiyot yo’lida va fukarolik jamiyati barpo etishda mustaxkam poydevordir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul qilinganining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. «Xalq, so’zi» gazetasi, 2009 yil 6 dekabrdagi soni.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoq, va soxalariga keng va jadal kirib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga zamin yaratmoqda. «Axborotlashgan iqtisodiyot», «Elektron xukumat», «Elektron boshqaruv», «Masofaviy taʼlim», «Ochiq, taʼlim», «Elektron taʼlim» kabi tushunchalar xayotimizga keng kirib keldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 apreldagi O’zbekiston Respubli-kasida «Elektron taʼlim» milliy tizimini yaratish» investitsiya loyixasini amalga oshi-rish chora-tadbirlari tug’risidagi PQ.-1740-sonli qaroriga asosan «Elektron taʼlim» tarmog’i shakllantirildi. Shuningdek, Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 25 iyuldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirligi huzurida taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazini tashkil etish tug’risida»gi 228-sonli qarori asosida «Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazi» tashkil etildi.
Maʼlumki, nafaqat «Elektron taʼlim», «Ochiq taʼlim», «Masofaviy taʼlim»da, balki anʼanaviy taʼlimni zamon talablari asosida tashkil etishda xam elektron taʼlim resurslari muhim rol uynaydi.
“Resurs” iborasi xozirgi vaqtda juda keng maʼnoda ishlatiladi. «Taʼlim resursi» deganda esa uquv jarayoni davomida bilim olishda foydalaniladigan turli xil kurinish va shakllardagi uquv materiallari manbasi tushuniladi. Boshqacha aytganda, taʼlim resursi – o’quv jarayonida foydalaniladigan axborotlar manbasi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taʼlim resurslarini quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
1. Matn, rasm, sxema va jadvallarni uz ichiga olgan anʼanaviy nashr materiallari (darslik, o’quv qo’llanma, maʼruzalar matni va kursi, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha qo’llanmalar, masalalar to’plami, lug’atlar, kataloglar, maʼlumotnomalar, tarqatma materiallar, o’quv-ko’rgazmali materiallar, turli xil uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar, savol va topshiriqlar va boshqalar).
2. Anʼanaviy audio va video-materiallar: musiqiy va nutqiy materiallar (maʼruzalar yozilgan disklar, audiokitoblar, o’quv videofilmlari va boshqa), namoyish roliklari, taqdimot lavxalari, kinematografik maxsulotlar.
3. Zamonaviy (rakamli) elektron resurslar: turli xil axborot tashuvchi vositalar (disk, fleshka va b.)ga yozilgan fayllar, zamonaviy elektron vositalari yoki kompyuterlar yordamida eshitish va ko’rish imkoniyati yaratilgan raqamli elektron materiallar.
4. O’qish, mustaqil taʼlim olish va olingan bilimlarni tekshirish uchun maxsus dasturlar: o’quv mazmuni yoritilgan va o’quvchi bilan uzaro muloqotga yo’naltirilgan hamda maʼlum pedagogik vazifalarni yechish uchun mo’ljallangan dasturlar, dasturlar majmui yoki tizimlari.
Zamonaviy elektron resurslar va o’qish, mustaqil taʼlim olish va olingan bilimlarni tekshirish uchun maxsus dasturlar birgalikda «Elektron taʼlim resurslari» deb ataladi.
Elektron taʼlim resurslari deganda, foydalanuvchi, yaʼni o’quvchining shaxsiy xu-susiyatlarini xisobga olgan xolda avtomatik rostlanish imkonini beruvchi, egallangan bilimni avtomatik nazorat qilish tizimi bilan birlashgan o’quv materiallarini uzatish (yetkazish) tizimi tushuniladi.
Elektron taʼlim resurslarini saqlash va maʼlumotlarni taqdim etish shakliga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:
• alohida fayllar anʼanaviy resurslarning faylli ekvivalentlari (jadvallar va grafik illyustratsiyalardan iborat matnli xujjatlar, illyustratsiyalarning grafik fayllari, audio-video formatli fayllar va boshqalar);
• gipermatnli materallar - matn, grafiklar;
• multimedia elementlari kabi elektron o’quv adabiyotlarining elementlaridan tashkil topgan elektron o’quv adabiyotlari va muayyan anʼanaviy resurslarning elektron ekvivalenti.
Elektron taʼlim resurslarini shartli ravishda quyidagi turlarga bulish mumkin:
• elektron o’quv tarbiyaviy resurslar;
• o’quv materiallarini uzatish elektron resurslari;
• o’qishni tashkil etish elektron resurslari;
• taʼlim-tarbiyani boshqarishni tashkil etish elektron resurslari.
navbatida quyidagilardan tashkil topadi:
• elektron o’quv adabiyotlari (elektron darslik va o’quv qo’llanmalar, nashrlar, maʼ-lumotlar banki, elektron maʼruza matnlar, o’quv-uslubiy majmualar) mashg’ulotlar, mashqlar va boshqalar;
• uslubiy materiallar: dars rejasi, uslubiy tavsiyalar, tadbirlar ssenariysi (intellektual uyinlar, telekursatuvlar, adabiy kechalar va boshkalar), didaktik materiallar, ko’rgazmali namoyish materiallari (dars bo’yicha prezentatsiyalar, diagrammalar, jadvallar, rasmlar, videorasm materiallari);
• lugatlar: onlayn-ensiklopediya, lugat, tuliq matnli kutubxona, maʼlumotnomalar;
• mediaresurslar: virtual laboratoriyalar, virtual sayoxatlar, virtual muzeylar, kurgazmali qo’llanmalarning raqamli kutubxonasi va boshqalar.
O’quv materiallarini uzatish elektron resurslari: elektron pochta, chat, chat-forum, ovozli chat, audio-video chat (videochat), ISQ, IP-telefoniya (internet-telefoniya), forum, bloglar, videoblog, jonli jurnallar, vikipediya, multimedia, interaktiv mediatexnologiya, onlayn videokonferensiya va boshqalar.
O’sishni tashkil etish elektron resurslari: masofaviy o’qitish, elektron taʼlim, ochik taʼlim.
Taʼlim-tarbiyani boshsarishni tashkil etish elektron resurslari: internet, intranet (Intranet) korporativ tarmog’i va turli xil dasturlar (“Rektor” dasturi, dars jadvali dasturi, taʼlim dispetcheri dasturi, elektron dekanat dasturi va boshqalar).
Albatta, taʼlim sifatini taʼminlashda elektron taʼlim resurslari tarkibida elektron o’quv resurslari muhim o’rin egallaydi. Elektron o’quv resurslari nafaqat masofaviy taʼlim, elektron taʼlim yoki ochiq taʼlimda, balki anʼanaviy taʼlimda ham keng qo’
llaniladi.
Elektron o’quv resursining namunaviy tarkibi quyidagilardan iborat bulishi muallif tomonidan tavsiya etiladi:
1. Fanning dasturiy-meʼyoriy taʼminoti: taʼlim standarti, o’quv rejalar, o’quv jarayon grafigi, o’quv dasturlari, kalendar rejalar, dars jadvali, yuriqnoma.
2. Fanni o’qitishning innovatsion texnologiyalari: fanni o’qitishda foydalaniladigan internet texnologiyalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interaktiv uslublar va boshqalar.
3. O’quv materiallari: elektron darslik va o’quv qullanmalar, elektron o’quv kursi, maʼruzalar matni (maʼruzalar kursi), virtual laboratoriyalar, glossariy.
4. o’quv-uslubiy materiallar: uslubiy qullanma va kursatmalar, didaktik materiallar, diagrammalar, jadvallar, rasmlar, videorasm materiallari.
5. Maʼlumotnoma materiallari: ensiklopediya, lug’at, maʼlumotnoma, maʼlumotlar bazasi, geoaxborot kartografik tizim.
6. Illyustrativ va namoyish materiallari: atlas, kolleksiya, xarita, kurgazmali qullanmalar, slaydlar.
7. Qo’shimcha axborot materiallari: xrestomatiya, nashr materiallari (kitoblar), ilmiy-ommabop xarakterdagi internet nashrlari, reklama-axborot xarakterdagi materiallar, bibliografiya, turli xil krossvordlar va fanga oid intellektual o’yinlar.
8. Ilmiy materiallar: dissertatsiya avtoreferatlari, dissertatsiya, maqolalar, mono-grafiyalar, taxliliy materiallar.
9. Elektron davriy nashrlar: to’liq, matnli nashrlar, taʼlim saytlari, dasturiy maxsulotlar, taʼlim muassasalari uchun dasturiy majmua.
10. Fanni o’zlashtirish bo’yicha o’z-o’zini baholash tizimi: nazorat savollari, test sa-vollari va boshqa turdagi elektron dasturiy nazoratlar.
Elektron o’quv resurslarini yaratishga quyidagi umumiy, didaktik, uslubiy, psi-xologik-pedagogik, texnik-texnologik, estetik, ergonomik va sanitar-gigiyenik talablar quyiladi.
1. Umumiy talablar: elektron darslik-ning tuzilmasi va mazmuni o’quv dasturiga mos kelishi, uqitishda ilmiylik, muammoviylik, ko’rgazmalilik, onglilik, taʼlim oluvchi-ning mustaqilligi va faolligini taʼminlashi, fan, texnika va texnologiyalarning so’nggi yutuqlarini xisobga olishi, foydalanishda o’qitishning tizimliligi va ketma-ketligi, taʼlim oluvchilarning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivoj-lantirishi, o’qitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalarini bajarishi, o’quv faoliyatining izlash, yig’ish, saqlash, taxlil, ishlov berish kabi kurinishlarini xamda xisoblashlarni, loyixalash va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berish, nazorat topshiriqlar, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko’zda tutishi, murakkab obyektlar (mashina, uskuna, apparat, moslama va x.k.) ishining imitatsiyasini, turli xildagi jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida o’tish vositalarining tarkibida saqlashi kerak, ularning trening vositalari - taʼlim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bog’liq xolda virtual muhitda tayyorlashni amalga oshirish.
2. Didaktik talablar: moslashuvchanlik, interfaollik, kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlari, taʼlim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirishi, fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar kabul qila olish maxoratini oshirishi, ax-borotga ishlov berish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishi, o’quv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funksional bog’liqligini, taʼlim berishning to’liqligi va uzluksizligini taʼminlashi xamda muammoli va izlanish topshiriqlarining intellektual o’rgatuvchi tizimiga ega bo’lishi.
3. Uslubiy talablar: o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va xarakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan xolda yaratilishi, o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma kurinishida taʼminlashi, fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlik xisobga olinishi, taʼlim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich uzlashtirish uchun turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilishi, barcha amalga oshiriladigan xisoblashlar vizuallashtirishning ochiq tizimiga ega bo’lishi, o’zgaruvchan obyektlar yoki jarayonlarning bog’liqligi namoyish qilinishi.
4. Psixologik talablar: o’quv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki kogni-tiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham mos kelishi, qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotirada saqlash kabi psixologik jarayonlar xususiyat-larini hisobga olishi, o’quv materiali mazmunida taʼlim oluvchilarning yoshi, tayanch bilimlari inobatga olinishi, obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yunaltirilgan bulishi, uqitishning kurgazmaliligini taʼminlashi, talabalar tomonidan o’rganilayotgan obyektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili, anglangan holda qabul qilishi va shaxsan kuzatishi, hayotiy tajribasini hisobga olish zaruriyatini kuzda tutishi.
5. Texnik, texnologik talablar: lokal va boshqa tashki axborot tashuvchilarda va tarmoqli tartibotda harakatlanishi, multimedia va telekommunikatsiya texnologiya-larining zamonaviy vositalarini maksimal qullash imkonini berishi, ishlashda puxtalik va turg’unlilik taʼminlanishi, geterogenligi (elektron darslik spetsifikatsiyasida kuzda tutilgan turli xildagi kompyuterli va boshka shunga o’xshash vositalarda turg’un ishlashi), resurslardan samarali va to’g’ri foydalanish imkoniyati yaratilishi va testlashtirilgan bo’lishi.
Yuqoridagilardan tashqari elektron o’quv resurslarining turli xildagi ko’rinishlariga nisbatan quyidagi maxsus texnologik talablar ham qullanishi mumkin:
• turli xildagi elektron tashuvchilardan foydalanishni qo’llash imkoniyati;
• elektron va ovozli tashuvchilarni kombinatsiyalashtirish imkoniyati;
• lokal va tarmokli tartibotda ishlash imkoniyati;
• tarmoqda lokallashtirilgan va tarqatilgan komponentlar miqdori;
• o’qitishni boshqarish jarayoni va umumiy axborot;
• bazalarining vositalari miqdori;
• jamoaviy ishlarni tashkil qilish vositalari miqdori (o’qituvchi yoki boshqa taʼlim oluvchilar bilan teskari aloqa).
6. Sanitar-gigiyenik talablar: shrift turi va o’lchovi, fon belgisi va rangi, shrift va fon orasidagi fark, satrlar orasidagi masofa, ekranga bezak berish talablari.
Elektron ukuv resurslarini yaratishda kuyidagi asosiy tamoyillarga amal kilish ta-lab etiladi: modullilik, tuliklik, kurgazma-lilik, tarmoklanish, boshkaruvchanlik, kuni-kuvchanlik, kompyuterli kullab-kuvvatlash va yiFiluvchanlik tamoyillari.
Fikrimizcha, elektron ukuv resurslarini yaratish kuyidagi tartibda boskichma-boskich amalga oshirilishi maksadga muvofikdir:
• fanga oid manbalarni tanlab olish;
• mundarija va tushunchalar ruyxatini ishlab chiqish;
• bulimlardagi (modullardagi) matnlarni kayta ishlash va yordam berish bulimini tu-zish;
• gipermatnni elektron shaklda amalga oshirish;
• kompyuterli kullab-kuvvatlashni taʼ-minlash;
• materiallarni multimediali obyekt-larga keltirish uchun tanlab olish;
• tovush jurligini tatbik etish;
• materialni vizuallashtirish;
• foydalanishga tayyorlash;
• foydalanish uslubiyotini ishlab chikish.
Yukoridagi talablar asosida tayyorlangan
elektron-ukuv resurslarini foydalanishga tayyorlash uning tarkibiy kismlariga baʼzi bir uzgartirishlar kiritishni kuzda tutishi mumkin. Yukoridagi talablar darajasida tayyorlangan elektron-ukuv resursiga undan foydalanish buyicha uslubiy kullanma ilova kilinishi zarur. Tulik tayyorlangan elektron ukuv resurslari sinovdan va tegishli vakolatli Kengashlardan rasmiy ruyxatdan utkazilib, foydalanishga ruxsat olinishi maksadga muvofikdir.
Xozirgi kunda Toshkent axborot texnolo-giyalari universiteti K,arshi filialida ushbu talablar va yukorida keltirilgan namunaviy tarkibga ijodiy yondashgan x,olda 30ga yakin umumkasbiy va mutaxassislik fanlari, jumla-dan, «S++ da dasturlash», »Kompyuter tizim-lari va tarmoklari», «Maʼlumotlar banki va bazasi», «Axborot xavfsizligi», «Operatsion tizimlar va laboratoriya», «Kompyuter arxi-
tekturasi», «Elektron xukumat tarmok,larini tashkil etish» kabi fanlardan elektron ukuv resurslar yaratilib, anʼanaviy taʼlim ti-zimida keng foydalanilmokda xamda ularni OUMTVning «Elektron taʼlim» milliy tizi-miga kiritish ishlari olib borilmokda.
Xulosa kilib aytish mumkinki, xozirgi kunda xalk,aro taʼlim tizimida yagona taʼlim standartlarini yaratish (masalan, Bolonya ja-rayoni, Yevropadagi 49 davlatdan 47 tasi aʼzo), uzaro tan olish tamoyili asosida uk,ituvchilar va talabalar mobilligini oshirish, yuk,ori darajadagi kasbiy kompetentlikka ega kadr-lar tayyorlash, oliy taʼlim tizimida barcha akademik darajalar va boshk,a ixtisoslik-larni mexnat bozori talablari asosida bir xil shakllantirish xisobiga bitiruvchilarni muvaffak,iyatli ish bilan taʼminlashni yulga kuyish muxim axamiyat kasb etmokda. Masofa-
viy va elektron taʼlimga eʼtibor va extiyoj kuchaymokda. Albatta, bularning asosiy negi-zida elektron taʼlim resurslari muxim rol uynaydi. Shu sababli, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning xozirgi bosk,ichidagi asosiy vazifalaridan biri - taʼlim sifatini oshirish va uni xalk,aro taʼlim tizimi darajasiga kutarish, Uzbekiston taʼlim tizimining sifat va mavk,yeini yana-da oshirish, fuk,arolarning jaxondagi barcha oliy taʼlim muassasalariga kirishiga keng yul ochishda «Elektron taʼlim» milliy tizimini davlat tilidagi elektron taʼlim resurslari bilan boyitish, uning sa-marali ishlashini taʼminlashdir. Bu esa oliy taʼlim muassasalari, pedagogik kadrlarni kayta tayyorlash va malakasini oshirish insti-tutlari professor-ukituvchilari va ilmiy-tadk,ik,ot institutlari olimlarining asosiy vazifasi bulmoFi lozim.
|
| |