|
1-mavzu: To‘qimachilik sanoatining paxta tolasiga qo‘yilgan standart va xalqaro talablari Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 39,53 Kb. | | #148837 |
Bog'liq 1-mavzu
1-mavzu: To‘qimachilik sanoatining paxta tolasiga qo‘yilgan standart va xalqaro talablari
Reja:
1. Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi fannining predmeti va vazifalari.
2. Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va axamiyati.
3. Paxta xom ashyosini saqlash va qayta ishlashning tarixi va rivojlanish istiqbollari.
4. Paxta xom ashyosini saqlash va dastlabki ishlash tizimining vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon boshqa sohalar qatori qishloq xo‘jaligida ham ijobiy siljishga erishildi. Ayniqsa paxtachilikda yangi texnika va texnologiyalarni keng qo‘llash birmuncha yutuqlarni amalga oshirishga sabab bo‘ldi. O‘tgan qisqa davr mobaynida Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qancha qonun hamda qarorlar qabul qilindiki, bularning barchasi mamlakatimizda paxtachilikni yanada rivojlantirishga katta e’tibor berish bilan birga, agrar soha va qayta ishlash sanoatining taraqqiyoti uchun yetarli imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Yengil sanoati uchun kanop, pilla, jun va ayniqsa, ximiyaviy tolalar ko‘plab ishlab chiqarilishiga qaramasdan, paxta tolasi hajmi to‘qimachilik sanoati uchun asosiy mahsulot bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonda paxta yetishtirish yil sayin ortib borishi munosabati bilan paxta sanoatida paxtani dastlabki ishlash texnologiyasini mukammallashtirish va yangi texnika-texnologiya bilan qurollantirish, ko‘p mehnat talab qiladigan og‘ir ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xom ashyo bazasi o‘sishi bilan bir qatorda ko‘pgina yangi paxta zavodlari va paxta tayyorlash punktlari qayta qurilib, paxtani qayta ishlash mexanizmlari yangi zamonaviy asbob-usukunalar bilan jihozlandi. Bu esa tayyorlanadigan paxta mahsulotlarining sifatini yanada yaxshilash imkonini bermoqda.
Ma’lumki, respublikamizda har yili 3 million 400 ming tonnadan oshirib paxta yetishtirilmoqda. Shuncha paxtadan 1 million tonnadan oshiq paxta tolasi olinadi. Bu olinayotgan tolalarning asosiy qismi horijiy davlatlarga shartnoma asosida sotilmoqda. O‘zbekiston paxta tolasi jahon bozorida ham birmuncha raqobatbardosh bo‘lib, bu sohada nufuzli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ayniqsa, g‘o‘zaning Buxoro-6, Buxoro-8, Buxoro-102, S-6527, Namangan-77 kabi navlari paxtasining tola sifati yuqori ko‘rsatkichni berib, maxsus sifat yorliqlari olishga erishilmoqda.
Har yili Toshkentda o‘tkazilayotgan Xalqaro «Paxta» yarmarkasining o‘tkazilishidan asosiy maqsad, kelgusida rivojlangan mamlakatlar paxta sanoati texnologiyalarini olib kirish, ularning tajribalaridan keng foydalanish, bu sohada O‘zbekistonni jahon miqyosiga ko‘tarish va yetishtirilayotgan paxtaning asisiy qismini o‘zimizda qayta ishlab, paxta tolasini sotishda barcha ishlarni vositachilarsiz amalga oshirishni tashkil qilish ko‘zda tutilgan. «Paxta» yarmarkasida jahonning 35 dan oshiq davlatlaridan vakillar va eng yirik mutaxassislar tashrif buyurishadi. Ular o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar, sohada bajariladigan kelgusi ishlar rejasi kelishib olinadi.
Ma’lumki, respublikamizda yetishtirilayotgan paxta tolasining 80-85 foizi horijiy davlatlarga eksport qilinadi. Yetishtirilayotgan paxta mahsulotining qariyb 30 % o‘zimizda qayta ishlanadi. Kelgusida bu ko‘rsatkichni 40 % ga yetkazish va uni yanada oshirib borish ko‘zda tutilmoqda.
Dunyo bozorida tolaning oqligi, ifloslanish darajasi va ayniqsa, mikroneyr ko‘rsatkichiga alohida e’tibor beriladi. Mikroneyr ko‘rsatkichi 4,8-4,9 dan yuqori bo‘lsa tola dag‘al hisoblanadi va dunyo bozorida raqobat qila olmaydi. Dag‘al tolaning xarid narxi ham past bo‘ladi. Paxta tolasiga narx belgilashda asosiy va maqbul ko‘rsatkich-23,5-26,4 gk/teks uning solishtirma uzilish kuchi hisoblanadi.
Xo‘jalikda g‘o‘zaning tezpisharligi, hosildorligi, paxta tolasining sifati, kasalliklarga, tuproq-iqlim sharoitiga va boshqa noqulay sharoitlarga chidamliligi- bularning hammasi g‘o‘zaning eng maqbul Seleksion navlarini tanlash va ularni oqilona joylashtirishga bog‘liq.
Paxta zavodlari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan hozirgi vaqtda, bu uskunalarni unumli ishlatish uchun yetishib chiqayotgan oliy ma’lumotli, maxsus yoki o‘rta ma’lumotli o‘rta bo‘g‘in xodimlarning (zavod raxbari, mexaniklar, energetiklar, sex va smena boshliqlari, ustalar, sozlovchilar, tovarshunoslar va klassifikatorlarning) malakasini oshirish muhim hisoblanadi.
Paxta donli o‘simliklar bilan bir qatorda sayyoramizdagi qadimgi madaniy ekinlardan biri hisoblanadi. Hind vodiysida eramizdan 3 ming yil avval paxta ipidan foydalanganlar. Paxta xo‘jalik ehtiyojlari uchun Markaziy Osiyoda eramizdan 5 asr ilgari ekila boshlangan.
G‘o‘za-Gossipium avlodi Malva oilasidagi o‘simlik bo‘lib, bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta bo‘lmagan daraxt shaklidagi o‘simlikdir. Shoxlarining balandligi 0,7-1,5 m bo‘lgan past bo‘yli bir yillik o‘simlik g‘o‘zani madaniylashgan turi hisoblanadi. Xo‘jalikda foydaliligi jihatdan g‘o‘zaning xindi-xitoy (Gossipium arboreum), Afrika-Osiyoning (Gossipium xerbatseum) Meksikaning (Gossipium xirzutum) va Peruning (Gossipium barbadenze) turlari ma’lum. Markaziy Osiyo mamlakatlarida g‘o‘zaning oxirgi ikki turi mavjud, shu jumladan Gossipium barbadenze faqat Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonda ekiladi. G‘o‘zaning madaniylashgan turlari bir qancha Seleksion navlardan iborat. Seleksion nav-bu bir ko‘rinishdagi avlodiy bir turdagi morfologik va xo‘jalik belgilar hamda xususiyatlarga ega bo‘lgan madaniylashgan turdagi klassifikatsiya birligiga ega bo‘lgan o‘simliklar majmuasidir. G‘o‘zaning morfologik belgilari-o‘simlik tuzilishining farqlanuvchi xususiyatlari (tup tuzilishi, shoxlari, barglari, guli, ko‘sagi, chigiti va h.k.). Ho‘jalik belgilariga uning mahsulotini inson ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan, aniqrog‘i olinadigan hosilning miqdori va sifatini belgilaydigan ko‘rsatkichlari kiradi. G‘o‘za uchun asosiy ko‘rsatkich undan olinadigan tolaning miqdori va sifati hisoblanadi. Tolasining sifatiga qarab g‘o‘za uzun va o‘rta tolali navlarga bo‘linadi. Uzun tolali g‘o‘za navi tolasining uzunligi 36-42 mm bo‘ladi. Uzun tolali navlar, asosan, Gossipium barbadenze turiga kiradi. O‘rta tolali g‘o‘za uzunligi 25-35 mm ga teng va nisbatan dag‘al tolaga ega bo‘lib, asosan Gossipium xirzutum turiga yoki tur oralig‘idagi gibridlarga kiradi. G‘o‘za o‘zining hayotiy xususiyatlarini bir necha yil davomida saqlay oladigan chigitlar tufayli ko‘payadi. Chigit unib chiqishi uchun, tuproqda namlik va atrof muhitda harorat bo‘yicha zaruriy sharoitlar kerak. G‘o‘zaning me’yoriy o‘sib chiqishi chigitning namligi 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda boshlanadi. Shu sababli o‘sib chiqishini tezlashtirish uchun tukli chigit ekishdan avval namlanadi. Chigit harorat tuproqda 14-16 °S va havoda 15-20 °S bo‘lganda 5-7 kunda unib chiqa boshlaydi. Chigit o‘simtasi ildiz olgandan keyin o‘sishning vegetativ fazasi boshlanadi, birinchi chin barg g‘o‘za unib chiqqandan yetti-o‘n kundan keyin paydo bo‘ladi, yana 4-5 kundan keyin ikkinchi barg hosil bo‘ladi va shu tarzda g‘o‘za poyasi o‘sa boshlaydi. 5-7 va undan ko‘p barglar shakllangandan keyin hosil shoxlari (simpodial) rivojlana boshlaydi. G‘o‘za unib chiqqandan taxminan bir oydan keyin birinchi shona shakllanadi va yana 25-30 kundan so‘ng gul ochiladi. Shonalar vertikal bo‘yicha (asosiy poya bo‘yicha pastdan yuqoriga) har uch kunda va gorizontal bo‘yicha (hosil poyalarida) yetti kunda shakllanadi va gullaydi (1. 1-jadval). Ko‘sak deb ataladigan hosil o‘rta tolali navlarda 4-5 qovachog‘lar bilan chegaralangan pallachalardan iborat bo‘ladi. Uzun tolali navlarda ko‘sak 3-4 pallachaga ega. Pallachalar ichida 5-9 va undan ortiq tolali chigit bo‘lib, ularning har qaysisi ma’lum bir uzunlikka (25 dan 45 mm gacha) ega bo‘lgan tola va (uzunligi 20 mm dan oz bo‘lgan) kalta momiq bilan qoplangan.
1. 1. - jadval G‘o‘za rivojlanishining optimal davrlari Rivojlanish davrlari | Muddati, kunlar hisobida | Kerakli va samarali harorat miqdori*, °S | Unib chiqishi 1-barg paydo bo‘lishi 2-barg paydo bo‘lishi 3-barg paydo bo‘lishi 6-barg paydo bo‘lishi Shonalash boshlanishi Gullashning boshlanishi Ko‘saklarning ochilishi: Tezpishar navlar O‘rtapishar navlar Kechpishar navlar | Ekilgandan 5-7 kun keyin Unib chiqqandan 7-10 kun keyin 1-barg paydo bo‘lgandan 4-5 kun keyin 2-barg paydo bo‘lgandan 2-3 kun keyin 3-barg paydo bo‘lgandan 7-8 kun keyin Unib chiqqandan 30 kun keyin Shonalash boshlangandan 25-30 kun keyin Gullashdan 50-60 kun keyin | 84-100 175 220 295 485 485 970-1000 1850-1880 2120-2200 | Paxta va tolaning xo‘jalik hamda texnologik ko‘rsatkichlari nuqtai nazaridan bir ko‘sakdagi paxtaning va 1000 dona chigitning vazni, tola chiqishi, uzunligi, ingichkaligi, nisbiy uzilish kuchi, pishib yetilganligi, mikroneyr ko‘rsatgichi, tolaning bir tekisliligi va tashqi ko‘rinishi muhim ahamiyatga ega. 1. 2-jadvalda «PaxtatozalashIIChB» OAJning ma’lumotlari bo‘yicha paxtaning ko‘p tarqalgan Seleksion navlarining ayrim morfologik belgilari keltirilgan. Jadvalda keltirilgan morfologik belgilarning fizik qiymatlari paxtani qayta ishlash texnologik jarayonida o‘z aksini topgan. G‘o‘zaning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi va hosil tashkil qilishi uchun zarur bo‘lgan harorat samarali harorat deb ataladi. Bu harorat bir kunlik havoning o‘rtacha harorati bilan biologik minimum sifatida qabul qilingan (g‘o‘za uchun 10°S) harorat orasidagi farqga teng. Paxta tolasining sifati bo‘yicha klassifikatsiyasi. G‘o‘za faqat paxta xom ashyosi olish uchungina ekiladi. G‘o‘za ekiladigan hududlarning yalpi gazlashtirilishi tufayli qishloq joylarda g‘o‘zapoyaning yoqilg‘i sifatida ishlatilishi ilgarigi ahamiyatini yo‘qotmoqda. Undan qurilish materiallari olish uchun g‘o‘za poyasini qayta ishlash qisman yo‘lga qo‘yilmoqda. Paxta xom ashyosidan ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot paxta tolasi hisoblanadi. Shuning uchun dunyoda paxta tolasining sifati bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. O‘zbekistonda paxtani tolasining sifati bo‘yicha klassifikatsiyalash sistemasi qabul qilingan. Hozirgi vaqtda tolani klassifikatsiyalash usuli tiplarga (vertikal klassifikatsiyalash) va sanoat navlariga (gorizontal klassifikatsiyalash) bo‘lishni nazarda tutadi. Shunga ko‘ra paxta tolasining sifati bo‘yicha ayrim tip va sanoat navlariga ajratiladi. Amaldagi me’yorlarga ko‘ra tola taram massaviy uzunligi, nisbiy uzilish kuchi va chiziqli zichligi bo‘yicha 9 ta tipga bo‘linadi. Tola sifat ko‘rsatkichlarining amaldagi me’yorlari tiplar bo‘yicha 1. 3-jadvalda keltirilgan. O‘z DSt 604:2001. «Paxta tolasi. Texnikaviy shartlar». standartiga ko‘ra paxta tolasining tipi shtapel massaviy uzunligi yoki chiziqli zichligining eng past ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlanadi. Har qaysi tipdagi paxta tolasi tashqi ko‘rinishi, rangi va pishib yetilganlik koeffitsientiga qarab beshta sanoat naviga (I , II, III, IV, V) bo‘linadi. Bunda pishib yetilganlik koeffitsienti uzun tolali Seleksion navlar uchun sanoat naviga qarab 2,0 dan 1,2 gacha, o‘rta tolali navlar uchun bu ko‘rsatkich 1,8 dan 1,2 ga teng. Tolaning navi rangi va pishib yetilganlik koeffitsientining eng past ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlanadi. Bundan tashqari paxta tolasi iflosligi va nuqsonlarining miqdori bo‘yicha sinflarga bo‘linadi. I va II navlar-oliy, yaxshi, o‘rta, oddiy, iflos; III va IV navlar-yaxshi, o‘rta, oddiy, iflos va V nav-o‘rta, oddiy, iflos sinflardan iborat. Dunyo bozorida trikotaj uchun ishlatiladigan asosiy xom ashyo 4-nchi tipdagi paxta tolasi bo‘lib, unga talab juda kattaligicha qolmoqda. So‘nggi yillarda 4-tipdagi paxta tolasini tayyorlash hajmi sezilarli darajada oshdi va umumiy hajmda 28 foizga (keng tarqalgan navlar Buxoro 6, S-6524, Xorazm 127) yetdi. Kelajakda 4-tipdagi paxta tolasini ishlab chiqarish 35 foizgacha ko‘payishi kutilmoqda. Shuningdek dunyo bozorida sifatli V tipdagi paxta tolasi ham yuqori talabga ega va u, tayyorlangan paxtaning hajmida 70 foizni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha keng tarqalgan serhosil yaxshi tolali navlar: Buxoro 6, Namangan 77, An-Boyovut 2, Oqdaryo 6. 1. 3. G‘o‘zaning istiqbolli Seleksion navlari G‘o‘zaning Seleksion navi ma’lum morfologik va agroxo‘jalik belgilariga ega bo‘lib, ilmiy-tadqiqot muassasasida seleksiya ning ilmiy usuli asosida yaratilib ishlab chiqarilgan va xo‘jalik nuqtai nazaridan qiymatga ega bo‘lgan g‘o‘za navidir. (Paxtachilik entsiklopediyasi 2 tom, 216 bet). O‘zbekiston Respublikasi hududlarida keyingi yillarda g‘o‘zaning 10 dan ortiqroq rayonlashtirilgan Seleksion navlari ekilmoqda. Namangan 77 navi ko‘proq Qashqadaryo viloyatida, Xorazm 127 navi-Xorazm viloyatida, Buxoro 6, Namangan 77, S-6524 kabi navlar respublikaning ko‘pgina viloyatlarida ekilib kelinmoqda. Yangi navlarni ma’lum darajada cheklangan holda paxta ekiladigan xududlarga mo‘ljallab yaratilishi maqsadga muvofiqdir, chunki har bir hudud sharoitiga moslashtirilib yaratilgan yangi navlar erta pisharligi, yuqori hosildorligi va tola chiqishining yuqoriligi, hamda kasalliklarga chidamliligi bilan amaldagi navlardan ustunligini ko‘rsatsa maqsadga erishilgan hisoblanadi. Asosiy maydonlarda ekilayotgan paxta navlarining ba’zi bir o‘rtacha aniqliqdagi agroxo‘jalik ko‘rsatkichlari 1. 4-jadvalda keltirilgan. Bu ko‘rsatkichlar ma’lum miqdorda navlarni o‘zaro taqqoslash imkonini beradi. Bunda tola chiqish ko‘rsatkichi seleksiya sohasida qabul qilingan uslub bilan aniqlangan. Paxtaning fizik-mexanika xususiyatlari. Bir necha yillar davomida asosiy maydonlarda ekilayotgan paxta navlarining tolalari bo‘yicha umumlashtirilgan texnologik xususiyatlari 1. 2-jadvalda keltirilgan. Paxta seleksion navlarining tolalari bo‘yicha texnolgik xususiyatlari
|
| |