Technological solutions and innovative digital tools




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#228003
  1   2   3
Bog'liq
Zohidov G‘iyosiddin G‘ulomiddin o‘g‘li



International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION 
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 
170 
https://interonconf.org
 
OSIYO YALPIZI (
MENTHA LONGIFOLIA)
 NING SISTEMATIK O‘RNI, TIBBIYOTDA 
QO‘LLASH UCHUN XOM ASHYO OLISH VA KIMYOVIY TARKIBI 
 
Zohidov G‘iyosiddin G‘ulomiddin o‘g‘li 
FarDU o‘qituvchisi 
Annotatsiya

Ushbu tezisda Osiyo yalpizining sistematik o‘rni, undan nima 
maqsadlarda foydalanilishi, xom ashyoni olish va tayyorlash, tibbiyotda 
qo‘llanilishi, qanday kasalliklarda ishlatilishi, o‘simlik tarkibida qanday 
moddalar va qancha miqdordan borligi keltiriladi. 
Bu oila vakillari asosan bir yillik va ko„p yillik o„t, yarim buta, kamdan-kam 
tropik mamlakatlarda o„sadigan buta va daraxtlardan iborat. Poyalari 4 
qirrali. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, yonbargchalari yo„q. Gullari 
simoz to„pgullarda o„rnashgan. Ular 3 gulli dixaziy yoki murakkab tuzilgan
qo„sh gajak to„pgullardan iborat. Gullari zigomorf (yalpizda to„gri gul), 5 
bo„lakli, gulkosachasi 5 tishli, ba„zan 2 labli, ustki labi 3 bargchali, ostkisi 2 
bargchali. Gultoji 5 bo„lakli, odatda 2 labli, ostkisi 3 tojbargli, ustkisi 2 tojbargli. 
Changchisi 4 ta. Changchi iplari gultoj nayiga birikkan. Urug‗chisi 2 meva 
bargli. Tugunchasi ustki, 2 uyali, har bir uya 2 urug‗kurtakli. Gul formulasi: 
Ca(5)(3+2)Co(2+3)A4,2G(2). Har qaysi urug‗kurtak orasida barvaqt to„siq 
hosil bo„ladi. Natijada tuguncha gavzabondoshlarnikiga o„xshash 4 
bo„lakchaga ajraladi. 
Gullari proterandriya, ya„ni changchi urug‗chiga nisbatan tezroq 
yetiladi.
Mevasi bir urug‗li 4 ta yong‗oqchaga ajraladi. Urug‗i deyarli 
endospermasiz.
Hasharotlar yordamida chetdan changlanadi.
Yalpizdoshlar oilasi filogenetik jihatidan tizimguldoshlar oilasiga juda 
yaqin

turadi. Murtak ildizining pastga qaraganligi bilan farq qiladi. 
Yalpizdoshlar
oilasining deyarli barcha vakillari efir moylariga boy. Ularda sut 
yo„llari va kuchli
ta„sir etuvchi zaharli moddalar bo„lmaydi.
Yalpizdoshlar qabiladagi eng yirik oila. Uning vakillari asosan issiq va
mo„tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu oilaga 200 tacha turkum, 
3000
ga yaqin tur kiradi. O„rta Osiyoda 53 turkumga mansub 460 turi uchraydi.
O„zbekistonda 42 turkumga oid 210 turi o„sadi. Yalpizdoshlar O„zbekistonda
keng tarqalgan oilalardan bo„lib, ular foydali turlarga boyligi bilan boshqa
oilalardan ajralib turadi. Ayniqsa, Yalpiz (
Mentha
), Marmarak (
Salvia
), Kiyiko„t
(
Ziziphora
), Bozulbang (
Lagochilus
), Tog‗rayhon (
Origanum
), Limono„t 
(
Melissa
),
Arslonquloq (
Leonurus
) kabi turkumlarning vakillaridan juda 



Download 0,57 Mb.
  1   2   3




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Technological solutions and innovative digital tools

Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish