Kaustik magnezit va dolomit ishlab chiqarish jarayonlarining o'ziga xosligi phD. dots. Akmalov M. G. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Qurilish-materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi kafedrasi




Download 31,04 Kb.
bet1/4
Sana29.05.2024
Hajmi31,04 Kb.
#256839
  1   2   3   4
Bog'liq
KAUSTIK MAGNEZIT VA DOLOMIT ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINING O\'ZIGA XOSLIGI


KAUSTIK MAGNEZIT VA DOLOMIT ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINING O'ZIGA XOSLIGI
PhD.dots. Akmalov M.G.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Qurilish-materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi kafedrasi
Kaustik magnezit ishlab chiqarish tayyorlash jarayonlari (xom ashyoni qazib olish, saralash, maydalash) va asosiy jarayonlar (kuydirish hamda tuyish) dan iborat.
Kaustik magnezit va magnezial tsementning kimyoviy tarkibi tufayli organik to'ldirgich (yog'och qipig'i, qirindi-tarashasi va boshqa) larning birikishi - yopishishi uchun qulay sharoitlar tug'ildi. Ular magnezial bog'lovchilar muhitida chirimaydi va parchalanmaydi. Magnezial
bog'lovchilar bilan asbest va boshqa tolasimon to'ldirgichlar ishlatish ham ancha foydali A.A.Baykov nazariyasiga ko'ra kaustik magnezit va kaustik dolomitning qotish jarayonini uch davrga ajratish mumkin.
Birinchi davr magniy oksidning gidratatsiyalanishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayon davomida qo'shaloq birikma MgO MgCl: 6H₂O hosil bo'ladi (qoritqi sifatida MgCl: olingan bo'lsa). Gidratatsiya va qo'shaloq tuzning hosil bo'lish reaktsiyalari deyarli qorib bo'lgandan keyinroq boshlanadi
Ikkinchi davr-tishlashish yoki kolloidlanishi. Reaktsiyalar natijasida hosil bo'lgan birikmalar o'ta to'yingan eritma hosil qiladi va gel (iviq) shaklida ajralib chiqadi, tishlashishi tez boshlanib, tez tugaydi, qotgan massaning kolloid holati esa uzoq vaqt davom etadi.
Uchinchi davr davomida kolloid massa yaxna holatida qayta kristallashish yo'li bilan kristall o'simtaga aylanadi. Kristallar hosil bo'lsa-da, ular juda ham kichik, kolloid o'lchamlarga yaqin o'lchamlarda bo'ladi
Magnezit xom ashyoni 800-850°C haroratda kuydirib, so'ngra maydalab tayyorlanadigan kaustik magnezitning solishtirma og'irligi, standartga ko'ra, 3,1-3,45 g/sm³, hajm og'irligi -0,65 dan 0,85 t/m gacha bo'lishi kerak. 21 nomerli elakda ko'pi bilan 5% material qolishi, 0085 nomerli elakdan materialning kamida 75% i o'tishi kerak.
Xom ashyo ishlab chiqarish sxemasiga qarab maydalanadi. Masalan, shaxta pechlar uchun yirik, aylanma pechlar uchun maydaroq material zarur
Magnezitni kuydirish uchun pechlarning hamma turidan (xumdondan tortib maxsus konstruktsiyadagi mexanik pechlargacha) foydalanish mumkin, ammo ko'pgina o'txonasi tashqariga joylangan shaxta pechlarda kuydiriladi. Kuydirayotganda magnezit parchalanadi va quyidagi reaktsiya bo'yicha magniy oksidi bilan angidrid gaziga ajraladi.
MgCO3= MgO+CO₂
Magniy karbonatning parchalanish reaktsiyasi endotermik reaktsiya hisoblanadi, ya'ni bu reaktsiya sodir bo'lishi uchun talaygina miqdorda issiqlik (1 kg MgCO3 ga 344 kkal) sarflash talab qilinadi. Magniy karbonat 500°C da parchalana boshlaydi deb qabul qilsa bo'ladi, lekin 600-650°C da talabdagidek tez o'tadi. Zavod sharoitlarida magnezit nisbatan ancha yuqori, tahminan 800°C, aylanma pechlarda esa 1000°C gacha haroratda kuydiriladi.
Magniy karbonatning parchalanish reaktsiyasi umuman qaytarma reaktsiyadir. Reaktsiya talabdagidek yo'nalishda bo'lishi uchun reaktsiya mahsulotlaridan biri, ya'ni CO₂ tabiiy yoki su'niy yo'l bilan chikarib tashlanadi, shuningdek kuydirish harorati nazariy zarur harorat darajasidan oshiriladi. Biroq juda ham yukori haroratdan foyda yo'q, chunki MgO ning bog'lovchilik xossalari yomonlashadi.

202
Magnezitni 1300°C dan ortiq haroratda kuydirish natijasida» o'ta pishgans magnezit honl bo'ladi. Bunday magnezitni tuyganda bog'lovchi modda bo'lmay qoladi, balki o'tga chidamli magnezit buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatishga yaraydi, xolos. Demak, CO batamom ajralib chiqqanida kuydirish harorati (ruxsat etiladigan chegaralar)da qanchalik past bo'lsa, kaustik magnezit shunchalik sifatli chiqadi


Kaustik magnezit qanchalik sifatli pishirilganini uning solishtirma og'irligiga qarab aniqlash mumkin Standartga qaraganda solishtirma og'irligi 3,1-3,4 g/m² bo'lishi kerak. Kuydirilmagan magnezitning solishtirma og'irligi o'rtacha hisobda-3, o'ta kuydirilganisniki esa -3,7 g/sm Shuning uchun ham chala kuydirilganda magnezitning solishtirma og'irligi 3,1 dan past, o'ta pishirganda 3.4 g/sm³ ortiq bo'ladi.
Dolomitlar keskin o'zgaruvchan tarkibli birikmalardir. Shuning uchun ham kaustik dolomit ishlab chiqarayotganda tabiiy dolomit kimyoviy tarkibini bilishga katta e'tibor berilishi lozim. Buning uchun konda uning o'rtacha namunalarini tanlab olib, kimyoviy tahlil qilib ko'rish zarur.
Tabiiy dolomitni tahminan 650-750°C da (chala) kuydirganda kaustik dolomit hosil bo'ladi
Kaustik magnezit ishlab chiqarayotgandagidek dolomit shaxta va aylanma pechlarda chala kuydirilishi mumkin.
Dolomitni chala kuydirganda MgCO, dekarbonlashadi (parchalanadi) va MgO ga aylanadi. CaCO, ning ko'p qismi parchalanmay qoladi, chunki uning dissotsiatsiya haroratidan yuqori chala kuydirish natijasida tarkibida magniy oksidi, ohaktosh va ozgina miqdorda ohak bo'lgan mahsulot hosil bo'ladi.
Harorat 800-1000°C gacha ko'tarilganda kuydirilgan mahsulot tarkibida anchagina miqdorda so'ng oladigan kal'tsiy oksidi bor dolomit ohakdan iborat bo'ladi. Harorat 1300°C dan yuqori bo'lsa, o'ta pishgan dolomit hosil bo'ladi Bu ham o'ta pishgan magnezit singari o'tga chidamli buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Magnezial bog'lovchi moddalar uchun magniy xloridning suvli eritmalari, shuningdek magniy sul fati, temir sul fatlarining eritmalari va boshqa tuzlar qoritqi bo'lishi mumkin. Kaustik magnezitni suv bilan qorilganda qotgan tsement tosh nisbatan unchalik mustahkam bo'lmaydi. Holbuki xlorid yoki magniy sul fati bilan qorganda nihoyatda mustahkam tsement tosh hosil bo'ladi.
Tarkibida magniy xlorid suvli eritmasi bo'lgan ko'llar sanoat miqyosida magniy tuzlar qazib olish manbalari hisoblanadi. Magniy xlorid ma'lum miqdordagi suvli eritma holida qoritqi sifatida ishlatiladi. Odatda solishtirma og'irligi 1,09-1,26 g/sm³ gacha bo'ladi.
Magnezial tsement komponentlarining o'rtacha ulushi faol magniy oksidi (kaustik magnezit umumiy og'irligining taxminan 85% ini tashkil etadi) va qattiq (quyuq) olti molekula suvli magniy xloridga hisoblaganda (og'irligi jihatidan) 67-62% MgO va 33-38% MgCl2 6H₂O dan iborat.
Sul'fat kislotani magniy oksidi bilan neytrallab magniy sul'fati olish mumkin. Magniy sulfatidan foydalanayotganda kuyidagicha ulushlanadi suvsizlantirilgan MgSO4 ga hisoblanganda 80-84% magniy oksidi va 20-16% magniy sul fati. MgSO4 li qorishmadan tayyorlangan tsement tosh MgCl2 li qorishmadan ishlanganga qaraganda unchalik mustahkam bo'lmaydi. Biroq magniy sulfatli qorishmadan tayyorlangan tsement toshning gigroskopikligi magniy xloridli qorishmadan ishlangan tsement toshnikidan ancha past bo'ladi.
Tayyor buyumlarning gidroskopikligini kamaytirish va ularning suvga chidamliligini oshirish maqsadida kaustik magnezitga qoritqi sifatida birgina o'zi yoki magniy xloridi bilan birgalikda temir kuporosi ishlatiladi. Temir kuporosini qo'shish magnezial tsementning tishlashishini tezlashtiradi va buyumlarda sho'ra-dog'larni kamaytiradi.

203
МУНДАРИЖА



Download 31,04 Kb.
  1   2   3   4




Download 31,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kaustik magnezit va dolomit ishlab chiqarish jarayonlarining o'ziga xosligi phD. dots. Akmalov M. G. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Qurilish-materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi kafedrasi

Download 31,04 Kb.