• 2CaO *MgO+Si= Ca2SiO4+2Mg
  • Xossalari Magniy gidridi MgH2
  • Magniyning kompleks birikmasi xlorofillning tuzilishi. R1-gidrofil radikal; R2-gidrofob radikal.
  • Magniy va uning xossalari




    Download 410,57 Kb.
    Sana19.05.2024
    Hajmi410,57 Kb.
    #243974
    Bog'liq
    1 mustaqil ish Magniy va uning xossalari

    Magniy va uning xossalari

    Fayzullayev Xasan

    Magniy

    • Magniy tabiatda keng tarqalgan. Uni 1808 - yilda X.Devi magniy sulfatini elektroliz qilib olgan. Asosiy minerallari magnezit MgCO3; dolomit
    • MgCO3 *CaCO3; karnallit

      KCl*MgCl2*6H2O. Dengiz

      suvida MgCl2 ning miqdori

      0,38 % ga boradi, lekin ba’zi

      ko‘llarda uning miqdori 30% ga ham yetadi. Magniyning

      yer po‘stlog‘idagi miqdori 2 % atrofida.

    • Tabiatda magniyning uchta izotopi bor: 1224Mg (78,6%), 1225Mg (10,11%), 1226Mg (11,29%). Uning uchta sun’iy izotopi ham olingan.

    Olinishi

    • Magniy MgCl2 yoki suvsizlantirilgan karnallitni elektroliz qilib olinadi. Magniy oksidi yuqori haroratda ko‘mir bilan qaytarilishi orqali ham olinishi mumkin:
    • MgO+C=Mg+CO

    • Magniy olish uchun yuqori haroratda (1200-1300oC) elektr pech-larda va vakuumda dolomitni parchalab, hosil bo‘lgan mahsulot larga kremniy ta’sir ettiriladi:
    • 2CaO*MgO+Si= Ca2SiO4+2Mg

    Xossalari

    • Magniy oq, kumushsimon, yengil metall. Havoda kam o‘zgaradi, unung ustini oksid pardasi qoplagan.
    • Magniy kislotalardan oson vodorodni siqib chiqaradi. Suv bilan qaynatilganda oson ta’sir etadi. Havoda qizdirilganda MgO va ozgina Mg3N2 hosil qiladi.

    Xossalari

    • Magniy gidridi MgH2 kumush rang qattiq modda. U 175ºC da magniy dimetilning parchalanishidan hosil bo‘ladi:
    • Mg(CH3)2=MgH2+C2H4

    • Magniyga vodorod ta’sir etilganda ham, agar katalizator sifatida magniy iodid ishlatilsa, magniy gidridi hosil bo‘ladi.
    • Magniyga vodorod ta’sir etilganda ham, agar katalizator sifatida magniy iodid ishlatilsa, magniy gidridi hosil bo‘ladi.
    • MgO MgCO3 dan olinadi. U kuydirilgan magneziy deyiladi. Magniy oksidi 2800oC da suyuqlanadigan kristall modda. Undan o‘tga chidamli buyumlar, idishlar va tugel yasaladi.
    • Mg(OH)2 suvda kam eriydigan, o‘rtacaha kuchli elektrolit. EK=1,2*1O-11.
    • Mg(OH)2 magniy tuzlariga
    • ishqorlar ta’sir ettirilib olinadi.

      Magniy tuzlariga soda qo‘shilganda

      gidroksikarbonatlar hosil bo‘ladi.

      Bu tuz oq magneziy nomi bilan

      tibbiyotda ishlatiladi. Tabiatdagi Mg(OH)2

      silikatlardan talk 3MgO*4SiO2*H2O bolalar upasi tarkibiga kiradi. AsbestCaO*3MgO*4SiO2 issiq saqlovchi material sifatida ishlatiladi.

    • MgCl2*6H2O dengiz suvidan olinadi. Uni asosida magnezial sement tayyorlanadi.
    • Magniy sulfat-MgSO4*7H2O gepta gidrat, taxir tuz deyiladi.
    • Magniy karbid MgC2 asetilenidlar jumlasiga kiradi.
    • Magniyning suvda yomon eriydigan tuzlari qatoriga Mg3(PO4)2, MgCO3, MgF2 kiritish mumkin.
    • Taxir tuz

    • Magniyning kompleks birikmalari o‘simliklar va hayvonlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Magniy o‘simliklarda yashil rang beruvchi xlorofilldagi asosiy kompleks hosil qiluvchi ion hisoblanadi . Bu kompleksda Mg2+ markaziy ion uning koordinatsion soni 4 ga teng. Ligand sifatida turli guruhlar bilan bog‘langan pirrol halqalari turadi. 2-guruhdagi barcha kationlar ichida Mg2+ ionida azot atomi tutgan birikmalar bilan koordinatsion bog‘ hosil qilishga moyilligi kuchli bo‘lsa, bu guruhning qolgan elementlarida bo‘lsa, kislorod bilan koordinatsiyalanishga moyillik yuqoridir.

    Magniyning kompleks birikmasi xlorofillning tuzilishi. R1-gidrofil radikal; R2-gidrofob radikal.

    Tamom


    Download 410,57 Kb.




    Download 410,57 Kb.